Telegram Web Link
⚡️Voleybol sport turi boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste’dodli yigit-qizlarni kashf qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar qizg'in davom etmoqda.

Shu doirada, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha bellashuvlarda tumanning 4 ta sektoridagi 14 ta mahalla jamoalari kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra qizlar o'rtasida 16-21 yosh qizlar toifasida “Chuchuquduq” mahallasi barchinoylari, 16-21-yosh o'g'il bolalar o'rtasida
esa “Oqtosh” mahallasi alpomishlari, 22-30 yosh toifasida “Oqirtma” mahallasi azamatlari gʻoliblikni qoʻlga kiritib, viloyatda tumanimiz shanini himoya qiladigan bo'lishdi.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoa a’zolariga tashkilotchilar sovgʻalar topshirib, mazkur musobaqaning kelgusidagi bosqichlarida tuman yoshlariga omad tilashdi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tuman hokimligi hamda tuman yoshlar ishlari bo'limi hamkorligida migratsiyadagi yoshlarning muammo va takliflarini o'rganish maqsadida onlayn muloqot o'tkazildi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarning murojaatlari eshitilib, ularning masalalarini tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal qilish choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni tumanimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan taʼminlash masalalari bo‘yicha muloqot ishtirokchilarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga batafsil javob berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar berildi.

Tuman hokimi yoshlar bilan doimiy muloqot qilishga, ularning muammolarini tinglab, hal etish choralarini ko‘rishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
⚡️Birdamlik bilan qilingan harakat mevasi sifatida ikki mahallani bogʻlab turuvchi yoʻlning 2,5 km qismi asfaltlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida tumanning “Boyqoʻrgʻon” mahallasi Boyqoʻrgʻon qishlogʻidan “Nurli kelajak” mahallasi Galabuloq qishlogʻigacha boʻlgan yoʻlning 2,5 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 4704 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 12:21:47
Back to Top
HTML Embed Code: