Telegram Web Link
⚡️Elektr energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha bir guruh tadbirkorlar va mas’ullar ishtirokida seminar oʻtkazildi

🟢Dehqonobod tumanida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha bir guruh tadbirkorlar va mas’ullar ishtirokida soha mutasaddilari tomonidan seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman prokurori Otabek Usanov va Qarshi ixtisoslashtirilgan prokurori Ulugʻbek Ergashev ham ishtirok etdi.

📝Dastlab, Prezidentimizning 14.06.2024-yildagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha energetika sohasidagi mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

⚡️Seminarda soha mutasaddilari tomonidan tumandagi gaz kuyish va ovqatlanish shahobchalarining energiya tejovchi qurilmalar faoliyati va samaradorligi o‘rganilib, elektr energiya sarfini muqobillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari tadbirkor va masʼullarga aholi xonadonlarida energiya tejamkor uskunalar hamda quyosh panellari o‘rnatish maqsadga muvofiqligi, bu borada ularga beriladigan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib borish lozimligi taʼkidlandi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 06:28:35
Back to Top
HTML Embed Code: