Telegram Web Link
Foto: Dehqonobodlik terimchilar ham paxta yigʻimida faol ishtirok etishmoqda

Bir guruh dehqonobodlik yoshlar va fuqarolar shaxsiy tashabbuslari bilan, o’z oilalariga qoʻshimcha daromad keltirish hamda 2024-yil paxta yig‘im-terimida faol qatnashib, viloyatimizning ulkan xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shish maqsadida Qarshi tumani “Cho‘li bo‘ston” mahallasidagi paxta dalalarida terimda faol ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot oʻrnida, paxta dalalarida javlon urayotgan terimchilarimiz uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, terimchilar sharoitlardan mamnun.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
#engyaxshisiniilining

YOSH MATEMATIKLAR QABUL BOSHLANDI!

🫵🏻Har bir ota-ona farzandining kelajagi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratishga harakat qiladi.

Ularning maqsadi – bolalarining baxtli, muvaffaqiyatli va bilimli bo‘lishini ta’minlash.

Shu sababdan ular farzandini eng yaxshi maktab, to‘g‘ri yo‘nalish va yaxshi tarbiya bilan ta’minlashga intiladi.

💯Axir, farzandning bugungi ta’limi – ertangi yutug‘i.

📁 Hozirda bizni barcha kurslarimizga qabul mavjud !

🏢 ATM ACADEMY eng yaxshi tanlov.


✍️ Kursga yozilish: @Alximik_10

📞Maʼlumot uchun: +99894 730 31 00

📍Manzil: Dehqobod Tumani Qarashina shaharchasi ATM ACADEMY o'quv markazi

🎯Moʻljal:Xalq banki” yon tomoni (Real saloni ro'parasi, Aviakassaning yoni)

👉📲@ATM_ACADEMY_UZ
Foto: Dehqonobod tumanining “Boshchorbogʻ”, “Chilgaz”, “Chashmamiron”, “Sarchashma” mahallalarida olma mevalari pishib, ichki bozor va qoʻshni viloyat bozorlariga sotuv uchun tayyorlanmoqda. Hududdagi ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar olmalarni terish va qadoqlash ishlarida mavsumiy ish bilan ta’minlanmoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tumanida otaliqqa olingan yoshlar hamda tibbiyot texnikumi talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

Dehqonobod tuman prokuraturasi tashabbusi bilan 2-sektor xodimlariga biriktirilgan, otaliqqa olingan yoshlar bilan birgalikda "Ochiq eshiklar kuni" shiori ostida tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman boʻlimi, tuman majburiy ijro byurosi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda soha mas’ullari tomonidan yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat, shart-sharoitlar haqida soʻz yuritilib, vatan kelajagi uchun munosib hissa qoʻshish har bir yoshlarning burchi ekani ta’kidlandi hamda yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi.

Davra suhbati doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va favqulodda vaziyatlarda sodir boʻlganda qilinishi lozim boʻlgan birinchi harakatlar borasida yoshlarda tushuncha shakillantirish maqsadida taktik mashgʻulotlar namoyish etildi. Mashgʻulotlarda faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️ IPOTEKA KREDITLARI BO‘YICHA SUBSIDIYA YANA OCHILMOQDA

23-sentyabrdan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlangʻich toʻlov uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanadi

23-sentyabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda topshirish mumkin.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI ERTAGA DEHQONOBOD TUMANIDAGI 3 TA AGTKSH DA (metan) TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan Qorashina gaz taqsimlash stansiyasida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu maqsadda 2024-yilning 20-sentyabr kuni (ertaga) soat 13:00 dan 17:00 ga qadar Dehqonobod tumanidagi

3 ta AGTKSH (metan)

1."Ibragimov Sardorbek Choriyorivich" MCHJ
2."Habibulla Pahlavon" MCHJ
3."Alisherbek komfort" MCHJ ga qarashli AGTKSH da (metan) tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.


Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Manba: "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 10:20:34
Back to Top
HTML Embed Code: