Telegram Web Link
Dehqonobod tumani hokimi ishtirokidagi navbatdagi yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot "Yangiobod" mahallasida bo'lib o'tdi

Tumanning "Yangiobod" mahallasida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov ishtirokida bir guruh yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Sherzod Shokirov muloqotda yig'ilgan fuqarolar va yoshlarning murojaatlari va takliflarini tinglab, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va yoshlar hamda fuqarolarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Ochiq muloqot yakunida nuroniylar yurtimiz tinchligi, yurtboshimiz omonligi, tumanimiz rivojini soʻrab duolar qilishdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Dehqonobodliklarning bugundan koʻngli toʻq, ertadan umidi katta!

Dehqonobodning o‘tmishi juda qadim-qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, bu tabarruk zaminga buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur, she’riyat mulkining sultoni va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa bir qancha ulug‘ insonlarning muborak qadamlari yetgan. Tuman hududida o‘rtacha balandlikdagi va past tog‘lar mavjud. Hududidan Katta O‘ra va Kichik O‘ra daryolari oqib o‘tadi. Noyob qazilma boyliklariga ega manzil.

Davomini o’qish: 👈🏻

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dehqonobod tumanidagi “Castrol” avtomobil yogʻlarini almashtirish markazi tumandoshlarimizga o’zining sifatli xizmatlarini taklif etadi

Eng asosiysi xizmatlar sifatli va narxlar arzon!

🛠️ Ustaxonamizda:

1️⃣Barcha turdagi avtomobillarning mator yogʻlarini almashtirish,
2️⃣Korobka va orqa mostlarining yogʻlarini almashtirish,
3️⃣Tormoznoy jitkislarini almashtirish va koʻrikdan oʻtkazish,
4️⃣Antifresini almashtirish va koʻrikdan oʻtkazish.
5️⃣Tormoznoy kalotkalarini almashtirish,

🎁Shahobchamizda barcha xizmatlarimiz uchun 10%lik chegirmalar boʻlmoqda!

‼️ Mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatning sifati kafolatlanadi. Mijozlarga xizmatlar uchun kafolat xati taqdim etiladi. Koʻrsatilgan xizmat qoniqarsiz yoki yaroqsiz chiqqan holatda keltirilgan zarar ustaxonamiz tomonidan qoplab beriladi.

Murojaat uchun:
☎️ +998-90-313-19-88
📩 Telegramdan yozish: 👈🏻

🌐 Telegram guruhimiz: ✔️

Manzil: Dehqonobod tumani,
Moʻljal: Tuman elektr ta’minoti binosi (електросет) yonida.

#Reklama
⚡️Diqqat! Bayram shodiyonalariga oz fursat qolmoqda. Dehqonobodda Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari 24-avgust kuni bo‘lib o‘tadi

🇺🇿 Hurmatli dehqonobodliklar, aziz tumandoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Barchangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz! Har bir kuningiz quvonch va yangi yutuqlarga to‘la bo‘lsin, xayrli ishlaringiz Vatanimiz shon-shuhratini yanada oshirsin!

Aziz tumandoshlar, barchangizni 24-avgust kuni kechgi 19:00 da «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!» shiori ostida boshlanadigan mustaqillik shodiyonalari va konsert dasturiga taklif qilamiz.

Konsert dasturida ma’lum va mashhur san’atkorlar, Toshkent shahridan tashrif buyuruvchi xonandalar ishtirok etadi.

Darvoqe, biz bilan bayram tantanalarini kuzatmoqchi bo‘lganlarni Dehqonobod 24✔️ kanaliga ulanib, diqqat bilan kuzatishlarini tavsiya qilamiz.

📌 Manzil: Dehqonobod istirohat bog‘i va tuman markazidagi Mustaqillik maydoni.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⛔️ Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonalari o’tkazilishi munosabati bilan Qarashina shaharchasi M.Ulug‘bek ko’chasining ma’lum bir qatnov qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik to’xtatib turiladi

Joriy yilning 24-avgust kuni Dehqonobod tumanida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo’lib o’tishi munosabati bilan bayram shodiyonalarini xavfsiz o’tkazish maqsadida tuman markaziy M.Ulugʻbek ko’chasining 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi yonidagi burilishdan tuman mudofaa ishlari boʻlimi binosiga boruvchi ko’chaga burilishgacha bo’lgan yo’lda transport vositalari harakati soat 10:00 dan 24:00 gacha cheklanadi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Assalomu alaykum, aziz tadbirkorlar! Haqiqiy ma’nodagi ko‘makchilarimiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Bundan roppa rosa uch yil oldin muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Siz tadbirkorlar bilan uchrashib, 20-avgustni “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilishni taklif bergan edi. Ushbu sana bugun Sizning bayramingiz sifatida nishonlanmoqda.

Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda davlatimizning iqtisodiy rivojida tadbirkorlarning o‘rni beqiyosdir. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha hukumatimiz tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu qatorida tumanimizda ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda. Buning natijasida Siz tadbirkorlar tomonidan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan tadbirkor Abdushukur Doniyev, Vahob Norsafarov, Bahrom Sattorov, Abbos Jumayev, Hasan-Husan va Tohir Saidovlar, Alisher Ro‘ziyev, Fazliddin, Musurmon, Husniddin Imomyorovlar, O’ktam Rahimov, Bekzod Sattorov, Asomiddin Noraliyev, Choriyor Qosimov, Ilhom Samadov, Olim Rasulov, Abdusattor Qurbonov, Umida Shukurova, Gulnoz Jo’rayeva, Feruza Norsafarovalar tuman rivoji uchun yelib-yugurmoqda. Buning uchun ularga minnatdorligimni izhor qilaman.

Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarning har biringiz o‘z ishining ustasi, jasur va topqirsiz. Ishlaringizga rivoj tilab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishdan sira charchamang deyman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ishlaringizga muvaffaqqiyat tilayman. Yurt rivoji uchun qo‘shayotgan hissangiz qadrli. Sizlarni yana bir bor “Tadbirkorlar kuni” bilan muborakbod etaman.

Hurmat bilan Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
⚡️Diqqat, diqqat!

"Norali ota" supermarketi 🏤 jamoasi barcha tumandoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etadi.

Supermarketimiz jamoasi bayram sovg'asi 🎁 sifatida tumandoshlarimiz uchun barcha oziq-ovqat mahsulotlariga 1⃣0⃣ foizli chegirmalarni e'lon qiladi.

Endilikda siz bayram dasturxoni uchun kerakli barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini hamda yaqinlaringiz uchun bayram sovg'alarini, oshxona buyumlari va boshqa turdagi mahsulotlarni Norali ota supermarketidan 1⃣0⃣ foizli chegirmalar asosida xarid qilishingiz mumkin.

Chegirmalar 20-avgustdan sanasidan 10-sentyabr sanasiga qadar davom etadi...

Murojaat uchun:
+998-93-603-67-66
+998-94-526-77-66

⛳️ Manzil: Dehqonobod tumani
Zamaxshariy ko'chasi.
🏤 Mo'ljal: "Norali ota" supermarketi.

#reklama
⚡️ Dehqonobodda boʻlib oʻtadigan bayram shodiyonalarida mashhurlar tumandoshlarimiz uchun kuylashadi

Aziz tumandoshlar, barchangizni 24-avgust kuni kechgi soat 19:00 da Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!» shiori ostida boshlanadigan bayram shodiyonalari va konsert dasturiga taklif etamiz.

Konsert dasturida ma’lum va mashhur san’atkorlar, O’zbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Mahmud Nomozov, Xorazm estradasi yorqin vakilasi Shoxsanam Ataeva va viloyatimizning bir guruh xush ovoz xonandalari ishtirok etib, tumandoshlarimiz uchun dilga yaqin taronalarni ijro etishadi.

Darvoqe, biz bilan bayram tantanalarini kuzatmoqchi bo‘lganlarni Dehqonobod 24✔️ kanaliga ulanib, diqqat bilan kuzatishlarini tavsiya qilamiz.

📌 Manzil: Dehqonobod istirohat bog‘i va tuman markazidagi Mustaqillik maydoni.

Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tumanida mahalla fuqarolar yigʻini raislari na’muna sifatida o’z xonadonlarida quyosh panellari o’rnatishmoqda

Shu jumladan tumanning “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi O’ktam Joʻrayev ham o’z xonadoniga 5 kv quvvatga ega boʻlgan quyosh panellarini o’rnatib, mahalla fuqarolariga hamda boshqa mahalla fuqarolar yigʻini raislariga na’muna ko’rsatdi.

Tuman hokimi Sherzod Shokirov taklifi bilan O’ktam Joʻrayevning xonadonida tumanda faoliyat olib borayotgan bir guruh mahalla fuqarolar yigʻini raislari va mas’ullar ishtirokida o’quv seminari tashkil etilib, ishtirokchilarga quyosh panellarining avzalliklari haqida tushunchalar berildi. Oʻquv seminarida tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 14:35:33
Back to Top
HTML Embed Code: