Telegram Web Link
Oxirgi manzil “Bozortepa” mahallasidagi pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasiga mo’ljallangan yer maydoni boʻldi

Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour tuman hokimi o’rinbosarlari Sherzod Rahimov va Zafar Boʻtaev hamrohligida tumanning “Bozortepa” mahallasidagi pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasi yaratishga mo’ljallangan 500 gektar boʻsh yer maydoni bilan tanishdi.

Investor hududda loyihani amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud ekanligini, kompaniyasining mutaxassislari kelib maydondagi tuproq va suv na’munalarini labaratoriya tekshiruvlaridan o’tkazishini, barcha tekshiruvlar ijobiy chiqgach boshlanishiga 500 gektar yer maydonining 30 foiziga loyiha asosida ish boshlash niyatida ekanligini ta’kidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Tuman hokimi Sherzod Shokirov Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpourning tashrifidan mamnun bo’lganligini, xorijlik investorni qonun doirasida qoʻllab-quvvatlashga, barcha sharoitlarni yaratib berib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi hamda mehmonga o’zbekona do’ppi va zarto’n kiydirdi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Foto: Tumandagi istirohat bog’ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumani Xalq qabulxonasi mutasaddilari, hokim o’rinbosarlari va tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
#Live Dehqonobod shaharchasidagi bozorchani obod qilish, tuman markazini va M-39 xalqaro avtomobil yoʻli yoqasini zamonaviy shaharsozlik normalari asosida rivojlantirishga qaratilgan ishlar qizgʻin davom etmoqda

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/10/01 19:33:41
Back to Top
HTML Embed Code: