Telegram Web Link
⚡️Davlat dasturi asosida “Chashmamiron” mahallasida asosiy qatnov yoʻllarining bir qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi

2024-yilda Qashqadaryo viloyati mahallalarida aholi kayfiyati va infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli roʻyxatiga kiritilgan Dehqonobod tumanining olis “Chashmamiron” mahallasidagi 4K300 “Dehqonobod tumani (M-39 Avtomobil yoʻli 1281 km) Qorashina shaharchasi – Boshchorbogʻ qishlogʻi” avtomobil yoʻlining ser qatnov 48-50 km qismi oraligʻiga davlat dasturi asosida asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mahalla fuqarolari mazkur ishlardan quvonib, yurtboshimiz boshchiligidagi mas’ullarga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Diqqat, diqqat!

Aziz tumandoshlar va tumanimizning bilimga chanqoq yoshlari
Dehqonobod tumani markazida yoshlarni xorijiy tillarga o’qitish orqali kafolatlangan xorijiy davlatlarga ishga yuborishni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida 1-son kasb-hunar maktabida rus, ingliz hamda nemis tili bo'yicha mutlaqo bepul o'quv kurslari yana to'liq faoliyat ko'rsatmoqda.

📚Darslar haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 14:00 dan 15:30 gacha malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

Demak siz yaqin kelajakda dunyoning eng rivojlangan davlatlarida yuqori maoshli ishda ishlamoqchi bo‘lsangiz biz sizga bu imkoniyatni taklif etamiz!

‼️ Yoshlar ushbu kurslarda bilib olish va batafsil ma’lumotlarga ega boʻlish uchun oʻz mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga hamda ko’rsatilgan mas’ul xodimlarga murojaat qilishlari mumkin.

👩🏻‍💼Tuman hokimligidan biriktirilgan mas’ul xodim G.Yo‘ldosheva:
📞 +998996635939

👨‍💼Yoshlar ishlari tuman bo‘limidan biriktirilgan mas’ul xodim A.Eshqobilov:
📞 +998990480394
Sayyor sud: qonun ustuvor, jazo muqarrar!

Oʻzbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni va rolini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Dehqonobod tumanidagi 5-sonli musiqa maktabida Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi raisi N.Mahmudov raisligida sayyor sud bo'lib o'tdi.

Sayyor sud tugagach, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, qonunchilikdagi yangiliklar haqida gapirib berildi va savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Ma'lumot uchun, mazkur sayyor sud tuman Prokuraturasi va Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudining tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi "otaliqqa olingan yoshlar" uchun tashkil etildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
"Beshbuloq" va “Chuchuquduq” mahallalarida ham ichki yo'llar hashar yo'li orqali tamirlanmoqda

Dehqonobod tumani hokimiligi va tuman yo’l harakati xavfsizligi boʻlimi tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillariga qulaylik yaratish maqsadida "Beshbuloq" va “Chuchuquduq” mahallalariga qarashli bo'lgan ichki yo'llar ham hashar yoʻli orqali qum-shag’al aralashmasi bilan ta'mirlanmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 06:25:03
Back to Top
HTML Embed Code: