Telegram Web Link
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov ishtirokida bir qator masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillari uchun tanqidiy-tahliliy muhokama yig'ilishi o'tkazildi

Kun tartibida kommunal soha bo'yicha qarzdorliklarini undirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan samarali ishlarni tashkil etish, ijro intizomi, soliq tushumlari, mahallalarda obodonlashtirish, hududlarda qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar nazorati, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha berilgan topshiriqlar ijrosi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilish doirasida mahalla fuqarolar yigʻini raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va ijtimoiy soha xodimlariga yo'l qo'yilgan kamchiliklar, ayrim topshiriqlar ijrosidagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga qulaylik yaratish va xalq farovonligi yoʻlidagi topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarish vazifalari topshirildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Mahalla raislariga xizmat planshetlari topshirildi

Yigʻilish yakunida tumanda faoliyat olib boruvchi barcha mahalla fuqarolar yigʻini raislariga oʻz ishlarini bajarishda qulaylik yaralishi hamda ish faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun zamonaviy xizmat planshetlari tarqatildi. Planshetlar tuman hokimi boshchiligidagi mas’ullar tomonidan oʻz egalariga topshirildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi

Tuman markazidagi istirohat bog’ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumani Xalq qabulxonasi mutasaddilari, tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 12:23:41
Back to Top
HTML Embed Code: