Telegram Web Link
⚡️Birdamlik bilan harakat qilgan boyqoʻrgʻonliklarning ham yo’llari ravon bo’lmoqda

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida tumanning “Boyqoʻrgʻon” mahallasi Avlod qishlogʻidagi suniy maydon yonidagi yoʻldan 48-maktabgacha boʻlgan yoʻlning 2,5 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 5720 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Jumladan:

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;

loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;

mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot "Qoʻngʻirot" mahallasida bo'lib o'tdi

Tumanning "Qoʻngʻirot" mahallasida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov, tuman prokurori Otabek Usanov va tuman IIB boshligʻi Musurmon Boʻriev ishtirokida bir guruh yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Sherzod Shokirov tomonidan muloqotda yig'ilgan fuqarolar va yoshlarning murojaatlari va takliflarini tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va yoshlar hamda fuqarolarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Sektor rahbarlari tomonidan aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib oʻrganildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan aytilgan murojaatlar soha mas’ullari tomonidan oʻrganib chiqilib, qonun doirasida ijobiy hal etilishi hamda murojaatlar ijrosi hokimlik nazoratda boʻlishini ta’kidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dehqonobod tumanidagi “Castrol” avtomobil yogʻlarini almashtirish markazi tumandoshlarimizga o’zining sifatli xizmatlarini taklif etadi

Eng asosiysi xizmatlar sifatli va narxlar arzon!

🛠️ Ustaxonamizda:

1️⃣Barcha turdagi avtomobillarning mator yogʻlarini almashtirish,
2️⃣Korobka va orqa mostlarining yogʻlarini almashtirish,
3️⃣Tormoznoy jitkislarini almashtirish va koʻrikdan oʻtkazish,
4️⃣Antifresini almashtirish va koʻrikdan oʻtkazish.
5️⃣Tormoznoy kalotkalarini almashtirish,

🎁Shahobchamizda barcha xizmatlarimiz uchun 10%lik chegirmalar boʻlmoqda!

‼️ Mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatning sifati kafolatlanadi. Mijozlarga xizmatlar uchun kafolat xati taqdim etiladi. Koʻrsatilgan xizmat qoniqarsiz yoki yaroqsiz chiqqan holatda keltirilgan zarar ustaxonamiz tomonidan qoplab beriladi.

Murojaat uchun:
☎️ +998-90-313-19-88
📩 Telegramdan yozish: 👈🏻

🌐 Telegram guruhimiz: ✔️

Manzil: Dehqonobod tumani,
Moʻljal: Tuman elektr ta’minoti binosi (електросет) yonida.

#Reklama
Foto: Dehqonobodlik terimchilar ham paxta yigʻimida faol ishtirok etishmoqda

Bir guruh dehqonobodlik yoshlar va fuqarolar shaxsiy tashabbuslari bilan, o’z oilalariga qoʻshimcha daromad keltirish hamda 2024-yil paxta yig‘im-terimida faol qatnashib, viloyatimizning ulkan xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shish maqsadida Qarshi tumani “Cho‘li bo‘ston” mahallasidagi paxta dalalarida terimda faol ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot oʻrnida, paxta dalalarida javlon urayotgan terimchilarimiz uchun munosib shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, terimchilar sharoitlardan mamnun.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 10:42:57
Back to Top
HTML Embed Code: