Telegram Web Link
☑️ Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi va Dehqonobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tumanimizdagi hamda qo’shni tumanlardagi bir qator mutaxassisliklar boʻyicha shifokor va pedagoklarni ishga taklif etadi

Boshqa hududdan kelib ishlash niyyatida boʻlgan soha vakillari uchun bir qator imtiyoz va ustamalar mavjud!

⁉️ Batafsil ma’lumotlarni hamda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javoblarni quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilib, bilib olishingiz mumkin:

🏥 Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi kadrlar boʻlimi: 👇🏻
📞 +998-94-527-91-03;

🏢 Dehqonobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi kadrlar guruhi: 👇🏻
📞 +998 90 868 87 89:

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Birdamlik bilan harakat qilgan boyqoʻrgʻonliklarning ham yo’llari ravon bo’lmoqda

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida tumanning “Boyqoʻrgʻon” mahallasi Avlod qishlogʻidagi suniy maydon yonidagi yoʻldan 48-maktabgacha boʻlgan yoʻlning 2,5 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 5720 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, yuqori ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 177 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Jumladan:

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 56 ta loyiha;

loyiha qiymatining 20 foizigacha mablag‘ yetmagan navbatdagi 25 ta loyiha;

mahalladagi mavjud aholi sonidan ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lmagan 96 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 143,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot "Qoʻngʻirot" mahallasida bo'lib o'tdi

Tumanning "Qoʻngʻirot" mahallasida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov, tuman prokurori Otabek Usanov va tuman IIB boshligʻi Musurmon Boʻriev ishtirokida bir guruh yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Sherzod Shokirov tomonidan muloqotda yig'ilgan fuqarolar va yoshlarning murojaatlari va takliflarini tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va yoshlar hamda fuqarolarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Sektor rahbarlari tomonidan aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib oʻrganildi. Tuman hokimi fuqarolar tomonidan aytilgan murojaatlar soha mas’ullari tomonidan oʻrganib chiqilib, qonun doirasida ijobiy hal etilishi hamda murojaatlar ijrosi hokimlik nazoratda boʻlishini ta’kidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/29 16:28:25
Back to Top
HTML Embed Code: