Telegram Web Link
Forwarded from Shahboz Toshqulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bayram arafasida tumanda savobli ishlar qizgʻin davom etmoqda

Mamlakatimizda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mehr-oqibat, saxovat, insoniylik yaratganning bandalariga in’om etgan ulug‘ ne’matlaridir. Qayerdaki, ana shu amallar ustun bo‘lsa, o‘sha yerda fayz-u baraka, tinchlik-xotirjamlik hukm suradi.

Shu jumladan, yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida tadbirkor Abbos Jumayev homiyligida tumandagi bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari, pul mablagʻlari hamda maktab oʻquvchilariga maktab kiyimlari ulashildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Oilaviy shifokorlik punkitining kapital ta’mirlanishi qizilchaliklarga munosib bayram sovgʻasi boʻldi

Muhtaram yurtboshimizning insonni ulug‘lab amalga oshirayotgan ishlari natijasi olis hududlarda ham o‘z mevasini bermoqda. Dehqonobod tumanining togʻli mahallasi hisoblangan “Qizilcha” aholisining orzulari ushalmoqda.

Yurtimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalari arafasida tumanning “Qizilcha” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkiti binosi davlat dasturi asosida qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko’rinishga keltirildi.

Shu bois, bir guruh mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida Qizilcha oilaviy shifokorlik punkitining zamonaviy koʻrinishdagi binosining ochilish marosimi o’tkazildi va barcha qulayliklarga ega boʻlgan tibbiyot maskani aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Birdamlik bilan harakat qilgan farovonliklarning ham yo’llari ravon bo’ldi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida “Farovon” mahallasidagi Katta qishloq, Koʻlqamish, Nayman, Langar ota yoʻlining 2,8 km qismini asfaltlash hamda 500 metr qismini shagʻallash taklifi 5021 ta ovoz bilan gʻolib topilgan edi.

Ushbu loyiha doirasida 2,8 km yoʻlni asfaltlash va 500 metr yoʻlni shagʻallash ishlari oʻz nihoyasiga yetkazilib, ravon yoʻl aholiga xizmat qilishni boshladi.

Mazkur taklif doirasidagi ishlarning yakuni yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasiga to’gʻri kelgani farovonliklarga munosib bayram sovgʻasi boʻldi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 08:35:25
Back to Top
HTML Embed Code: