Telegram Web Link
Dehqonobod tumanida bayram arafasida 77 nafar bolajonlarning sunnat to’ylari nishonlandi

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi ko'makga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning 77 nafar farzandlarini sunnat to'ylari saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan nishonlab berilmoqda.

To’yga to’yona sifatida har bir sunnat to’yi nishonlanayotgan bolajonga maktab kiyimlari, o’quv qurollari hamda velosipedlar sovgʻa qilindi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Birdamlik bilan harakat qilgan oqirtmaliklarning yo’llari ravon bo’lmoqda

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida “Oqirtma” va “Togʻaytemir” mahallalarini bogʻlab turuvchi yoʻlning 2,5 km qismidagi eski beton va yaroqsiz asfalt qoplamasini olib tashlab, yoʻlning mazkur qismini qaytadan asfaltlash taklifi 4482 ta ovoz bilan gʻolib topilgan edi.

Mazkur loyiha doirasida yoʻldagi eski qoplamalar tozalanib, asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur taklif doirasidagi ishlarning yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasiga to’gʻri kelgani oqirtmaliklarga munosib bayram sovgʻasi boʻldi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Dehqonobod tumanida bayram arafasida 92 nafar bolajonlarga maktab kiyimlari sovgʻa qilindi

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Dehqonobod tuman hokimligi hamda saxovatpesha tadbirkorlar homiyligida ota-ona qaromogʻidan mahrum boʻlgan 92 nafar bolajonlarga maktab kiyimlari sovgʻa qilindi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 08:14:58
Back to Top
HTML Embed Code: