Telegram Web Link
#Live Navbatdagi hashar ishlari “Sarchashma” mahallasidan boshlandi

“Chilgaz”mahallasidagi hashar ishlari yakunlangach, "Sarchashma" mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga qulaylik yaratish maqsadida mahalladagi ichki yo'llar hashar yoʻli orqali qum-shag’al aralashmasi bilan ta'mirlanmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Dehqonobod tuman elektr ta’minoti boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Otqamar” mahallasida aholiga qulaylik yaratib, elektr energiyasi sifatini yaxshilash, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida hududdagi 145 ta eski simyogʻochlar yangisiga almashtirilmoqda

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Eronlik investor Dehqonobod tumanida yangi loyihalarni boshlash maqsadida o'rganish ishlarini olib bormoqda

Biroz vaqt oldin eronlik tadbirkor Dehqonobod tumanida pistachilik va kovrakchilik plantatsiyasini yaratish niyatida ekanligini, mas’ullar tomonidan investor tumanga taklif etilganligi haqida xabar berilgan edi.

Bugun Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour bilan uchrashib, investorning ta’kliflari bilan tanishishdi hamda tumanning salohiyati haqida xorijlik tadbirkorga ma’lumot berishdi.

Mas’ullar va investor tumandagi tadbirkor Vahob Norsafarov tomonidan tashkil etilgan pista va kovrak plantatsiyasida bo’lib, hududda tashkil etilgan loyiha bilan tanishishdi.

Sherzod Shokirov eronlik investor tomonidan tilga olingan takliflarni tinglab, xorijlik tadbirkorni qonun doirasida doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Investorni qiziqtirgan navbatdagi loyiha kaliy xlorid mineral oʻgʻitini qayta ishlash loyihasi boʻldi

Eron Islom Respublikasidan kelgan investor Mohammadjavad Heydarpour tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar hamrohligida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda boʻlib, zavodda ishlab chiqarilayotgan kaliy xlorid mineral oʻgʻitini qayta ishlagan holda kaliy sulfat va kaliy nitrat ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi hamda zavod mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi.

Investor ushbu loyiha o’zini oqlashini va ushbu loyiha yuzasidan chuqurroq o’rganish ishlarini olib borgach zavod bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/10/01 13:31:15
Back to Top
HTML Embed Code: