Telegram Web Link
Bibiqorasochliklarning muammolari ijobiy hal etilmoqda

Joriy yilning 28-iyul sanasida Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan “Bibiqorasoch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar va yoshlar uchun sayyor qabul hamda ochiq muloqot o’tkazilgan edi.

Mazkur qabulda fuqarolar tomonidan ta’kidlangan muammolarni o’rganib ijobiy hal etish yuzasidan tuman hokimi o’rinbosari Sherdil Ergashov boshchiligidagi ishchi guruh tashkil etilib, murojaat va muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida joriy yilning oʻtgan 6 oyi mobaynida tumanda bir qator sohalar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, tumanda migratsiyadagi fuqarolar bilan samarali ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va davlat dasturi asosida tumanda barpo etilayotgan va ta’mirlanayotgan binolarning sifatini nazorat qilish hamda boshqa bir qancha masalalar bo’yicha mutasaddilarning hisibotlari tinglanib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Sessiya yakunida deputatlar tomonidan sessiya ishi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
#Live Navbatdagi hashar ishlari “Sarchashma” mahallasidan boshlandi

“Chilgaz”mahallasidagi hashar ishlari yakunlangach, "Sarchashma" mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga qulaylik yaratish maqsadida mahalladagi ichki yo'llar hashar yoʻli orqali qum-shag’al aralashmasi bilan ta'mirlanmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/10/01 07:38:33
Back to Top
HTML Embed Code: