Telegram Web Link
👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Madad_loyihasi

⚡️Bugun, 2-noyabr kuni “Matonat” filmini “Zoʻr TV” telekanalida tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Madad” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Oʻtkazib yubormang
!

Vaqti: 17:50

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yangi Qulaylik ❗️

Endilikda, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash uchun yuridik shaxslar "Litsenziya" axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin bo'ladi 📲.

🔹 Litsenziyalar 🏛 Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 5 yil muddatga taqdim qilinadi.

🔜 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu faoliyatning ayrim kichik turlari ham alohida litsenziyalash tartibiga kiritiladi. Misol uchun:

🚚 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning olib kirish faoliyati;
🏬 Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash va realizatsiya qilish faoliyati;
⚙️ Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash faoliyati va boshqalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori.

Batafsil ma'lumot


Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
🌟 Yangi imkoniyatlar "Mening biznesim" modulida! 🆕

🖥 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi. Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma’lumotlarni bir joyda olishlari mumkin.

📍Misol uchun:
- Tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma’lumotlarini
- Soliq hisobotlari va ma'lumotlarini
- Litsenziya va intellektual mulk ma’lumotlarini
- Ko‘chmas mulk ma’lumotlarini
- Bandlik va YHXX ma’lumotlarini
- Taqiqlar va It park ma’lumotlarini
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlarini
- Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi ma’lumotlarini.

Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga tezda ega bo‘ling! 🏢📊

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qarshi mahsus prokurori U.Elmurodov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Qarshi shahridagi 4-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlariga jinoiy huquqbuzarliklar, avf etish va jazoni ijro etish faoliyatiga oid so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida, jumladan adliya organlari faoliyatida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limida probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan uchrashdi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining pobatsiya sohasidagi vakolatlari hamda jazoni ijro etish sohasidagi so‘nggi qonunchilik yangiliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi va probatsiya nazoratidagi shaxslarning takliflari eshitildi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilariga adliya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida olib borilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
FHDY organlarida Elektron navbat tizimini optimallashtirish loyihasi mas’ullar tomonidan muhokama qilindi
 
FHDY organlariga tashrif buyuruvchilar oqimini o‘rganish va tahlil qilish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi talqindagi Elektron navbatni boshqarish tizimi soha vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida tizimning fuqarolar tomonidan FHDY organlariga onlayn elektron navbatga yozilishi yoki bevosita murojaat qilganda elektron navbat chiptalarini olish bilan oldingi navbatda turgan fuqarolar soni haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi, navbatlar haqidagi ma’lumotlarni monitoring qilish hamda tashrif buyuruvchilar oqimini tahlil qilish orqali yuklamalarni boshqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan tashrif buyuruvchilarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, FHDY organlariga onlayn navbatga yozilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda monitoring qilish imkoniyatlarini yaratish borasida soha vakillariga bir qator topshiriqlar berildi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qotilib, topib olingan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yo‘qolgan ashyolar reyestrini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.

🧑🏻‍💻Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

📝O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗓️Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Yangi xizmat: Nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma olish imkoniyati ishga tushirildi!🆕

🏛 Endi siz Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligingiz haqida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

Ushbu xizmat quyidagi toifadagi foydalanuvchilar uchun amal qiladi:
- Yoshga doir nafaqasi mavjud shaxslar;
- Nogironlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- 18 yoshgacha bolalikdan nogironlik nafaqasi mavjud shaxslar;
- Parvarishlash nafaqasi mavjud shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan OITSga chalingan shaxslar nafaqasi;
- Bolalikdan nogiron bo‘lgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa;
- Yakka yolg‘iz shaxs nafaqasi.

Mazkur maʼlumotnoma avtomatik ravishda shakllantiriladi va jarayonni yanada qulay qiladi. Yangi xizmat orqali tez va oson maʼlumot olish imkoniyatidan foydalaning!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/14 13:28:29
Back to Top
HTML Embed Code: