Telegram Web Link
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

https://www.tg-me.com/davxizmat
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
📣 9-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Kadastr agentligi bilan hamkorlikda kadastr sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida aholi bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

11:00 dan 13:00 gacha

Onlayn muloqot davomida koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtiladi.

Shuningdek, @adliyasupport_bot Telegram boti orqali fuqarolardan kelib tushadigan savollarga javob beriladi.

Muloqot vazirlikning YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish darajasi hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganmoqda.

Xususan, vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Monomarkaz”ning yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati bilan tanishdi. U yerda tahsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollari va muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Qavali” erkin iqtisodiy zonasida 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyat yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qildi. Yerni ijaraga olish, soliq, kadastr sohasida oʻrganib chiqish talab etiladigan 10 dan ortiq murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Qarshi shahridagi adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi tahlil qilinib, ularning xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish va samaradorligini yanada oshirish masalalari masʼullar bilan muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
#Adliya_xabari

Ayrim OTMlar tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotganligi ma'lum bo'ldi.

Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarda o'tkazilgan o'rganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) soʻralayotganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholidan 120 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar, sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligining “1008” va “1148” raqamli “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar
va yoshlar muammolari o'rganilmoqda

Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan xizmat safari davomida Kasbi tumani “Qamashi” mahallasidagi yoshlar bilan uchrashdi. Ularning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari va mulkiy huquqlarga oid ko'plab murojaatlari mas'ullar bilan birgalikda ko'rib chiqildi.

Kasbi tumanida 300 dan ortiq ish o'rinlarini yaratgan "Sultan tex group" MChJ faoliyati bilan tanishilib, ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksport qilishda yuzaga kelayotgan muammo va takliflari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Kasbi tumani misolida tahlil qilinib, mas'ullarga kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Kasbi tumani adliya bo'limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo'limi hamda davlat arxivi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi o'rganilib, xodimlarning ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Anasxon Xamdamov)
#qiziqarlifakt

Dunyo tarixini o'zgartirgan qiziqarli ixtirolar. (1-qism)

1. Chop etish mashinasi (1440-yil)
Johannes Gutenberg tomonidan ixtiro qilingan chop etish mashinasi, kitoblarning ommaviy ravishda tarqatilishiga va bilimning keng tarqalishiga zamin yaratdi. Bu ixtiro, Yevropada Renessans va islohotlar davrining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi.

2. Telefon (1876-yil)
Aleksandr Bell tomonidan ixtiro qilingan telefon, aloqa sohasida inqilob yasadi. Bu ixtiro odamlar o'rtasidagi masofani qisqartirib, tezkor aloqa imkoniyatini yaratdi.

3. Elektr lampochkasi (1879-yil)
Tomas Edison tomonidan ishlab chiqilgan elektr lampochkasi, tungi hayotning sifatini yaxshiladi va sanoat inqilobining ajralmas bir qismi bo'ldi.

4. Avtomobil (1886-yil)
Karl Benz tomonidan yaratilgan birinchi avtomobil, transport sohasida yangi davrni boshlab berdi. Avtomobillar hayotimizni osonlashtirdi va shaharlarning rivojlanishiga sabab bo'ldi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
2024/09/21 05:50:06
Back to Top
HTML Embed Code: