Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Chortoq tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


Adliya vaziri Xudoyor Meliyev Chortoq tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Chortoq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.

Shu kuni, Chortoq tumani “Madaniyat saroyi”ga borib u yerda joylashan Ma'naviyat markazida yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, mazkur dargohdagi kutibxona faoliyati bilan tanishdi. U yerda tuman hokimi o’ribosari va yoshlar bilan ishlash shtabi a'zolari bilan muloqot tashkil etildi. Unda, shtab faoliyati va yoshlar bilan ishlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Tetragidrokannabinol #Kannabis #Litsenziya

📃Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), STIR, litsenziyalanayotgan faoliyat turining alohida hududdagi muayyan obyektlarda amalga oshirilishi kiradigan hollarda esa — ular joylashgan joy, litsenziya olish maqsadi (yangi, qayta yoki uzaytirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining obyekt (xona)ning giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda);
v) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy organlarining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalar, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
d) Favqulodda vaziyatlar bo‘limining ishlab chiqarish inshootlari va omborxonalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
e) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy organlarining ishlab chiqarish sharoitlarini ekologik talablarga mosligi haqidagi xulosasi raqami va sanasi;
j) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi, binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarga egalik yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
z) litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mulk va binolarni qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari bilan tuzilgan shartnoma (kannabis o‘simligini yetishtirish yoki saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda).

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Davlat boji miqdori to'liq bu yerda

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
30 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
5 yil

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob #ochiq_adliya

Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin:
davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida ijro intizomi va qonunbuzilishlar


Batafsil 👉infografikada

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT XIZMATLARI ORQALI
“OTALIK BELGILANGANLIGI HAQIDAGI MA'LUMOTNOMA OLISH” TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?


Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob #ochiq_adliya

DXM da qachon navbat kam bo‘ladi:
davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar


Batafsil infografikada 👆🏻

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Yangiqo’rg’on tumanida oʻrganish olib bordi.


Dastlab, Yangiqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-ahloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnoma olish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari To’raqo’rg’on tumani adliya bo‘limi faoliyatini o’rgandi
.

Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev To’raqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.

Muloqotda adliya bo’limi faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 10:20:34
Back to Top
HTML Embed Code: