Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Muammolar joyida hal etilmoqda

Adliya vazirining Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari davomida ko'plab fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi fuqaro R.Tillabekovaning uzoq vaqtlardan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olishda yuzaga kelgan muammolari joyida hal etildi.

⚖️ Ushbu fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini rasmiylashtirish davomida barmoq izlarini olish va tegishli tizimga saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammosi to‘liq bartaraf etilib, ID-karta taqdim etildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ish_haqi #Ish_staji #Arxiv

📃Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ariza beruvchining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
ish joyi va lavozimi;
ishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi bo‘yicha buyruq raqami va sanasi;
ish haqini tasdiqlash lozim bo‘lgan yillar;
ishlagan tashkilotning yuqori turuvchi organi nomi (agar mavjud bo‘lsa);
tashkilotning nomi o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);
homiladorlik va tug‘ish ta’til yillari.

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ijtimoiy_himoya

📃Kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

#Bilasizmi #Pensiya #Nafaqa

📃Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Moddiy #Meros #Xulosa

📃Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida amalga oshiriladigan ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha xulosa

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalar;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hamda tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) qurilish-montaj, obodonlashtirish va tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lmagan bino va inshootlarni buzish ishlari va yerdan foydalanish loyihalari;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) boshqaruv rejalari;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralari loyihalari.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi
:
Yuridik va jismoniy shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa);
jismoniy shaxslar uchun — FIO, JShShIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlari (vakolatli organ buyurtmachi bo‘lgan holatlar bundan mustasno);
loyihada ko‘rsatilgan obyektning kadastr yig‘majildi (agar mavjud bo‘lsa);
arxeologiya madaniy meros obyektlarining muhofaza tegralarida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan arxeolog xulosasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish uchun — loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi;
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari; mahalliy toifadagi obyektlar uchun — Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish uchun — yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari; jismoniy shaxslar uchun — Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari.

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

30 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi majburiy hisoblanadi:
binoning fasad qismi;
bino va uning atrofining mavjud holati;
ko‘cha razvyortkasi;
qirqim (razrez);
bosh reja (M 1:500 masshtabda);
loyihalardagi mavjud holat rejasi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Paxta #Tuproq #Xulosa

📃Urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha xulosa berish

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Urug‘lik paxta chigiti to‘dasidan tanlab olingan nav namunalarini tuproqda nav tozaligini baholash va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi
:
Yuridik va jismoniy shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), nav namunasi saqlanayotgan manzil, nav namunasining navi, avlodi va soni;
jismoniy shaxslar uchun — FIO, JShShIR, yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
b) faoliyatni amalga oshirish manzili, nav namunasining navi, avlodi va soni;
v) nav namunalari hujjatlari.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

Pasportning izoh qismida belgilangan
📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Pasportning izoh qismida belgilangan

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Dori #Reklama #Xulosa

📃Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo‘yicha xulosa berish

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi
:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Sog‘liqni saqlash vazirligi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasining kontenti (fayl, audio, videorolik, reklama matni).

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning teleradiokanallar orqali reklamasi kontentining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 23-yanvardagi PF–20-son Farmoni va boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga, qo‘llash yo‘riqnomalariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqlik to‘g‘risida xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar qanday?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Narkologiya #Dispanser

📃Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏥Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar
:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari hamda "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️Dastlab fuqarolarga "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

▪️Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan ularning 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy yordam hamda yozgi taʼtilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslarga o‘qitish uchun joylash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko'rildi.

▪️"Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Chilonzor tumani “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari bilan uchrashdi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY #Arxiv

📃Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalari (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi o‘zgartirilganligi, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar)

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy adliya boshqarmalari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

👫Hujjat so‘ralayotgan shaxsning ma’lumotlari:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
ma’lumotnoma turi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar);
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil va sana:
talab etilayotgan ma’lumotlar qayd etilishi mumkin bo‘lgan davr;
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan hudud (hudud nomi yoki respublika miqyosida).

📌So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma (chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim);
tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qonuniy vakil bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

❗️Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 05:48:28
Back to Top
HTML Embed Code: