Telegram Web Link
#Adliya_xabari

“Bo‘ston” da sayyor qabul

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda adliya boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi. Bo‘ston mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 44 ta masala yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalar masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Shu joyning o‘zida markaz xodimlari tomonidan 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/toshkentviladliya
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilindi  

 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angren shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDY bo‘limlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, yurtimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinayotganligi, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi.

Adliya organlari ko‘proq aholi orasida bo‘lib, fuqarolarga proaktiv va kompozit xizmatlar, yangi joriy etilayotgan xizmatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berilishi kerakligi taʼkidlandi.

Sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muloqotda bo‘lib, xodimlarning fikr-mulohazalari, takliflari o'rganildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Fuqaro_nomida #Turar_joy

📃Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
obyekt joylashgan manzil;
ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Topilma

📃Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
1 ish kuni

❗️Eslatma:
pasport qoidalari jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
yo‘qolgan ashyo egasi yoki uning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz murojaat qilishi mumkin.
yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun avval yo‘qotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Mavzuli_sorovlar

📃Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
so‘ralayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil ko‘rsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).

📃Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma, vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda vorislik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat, so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

🔹Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish (bir shaxs uchun)
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari

🔹Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

🔹Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilganda mazkur bandlarda belgilangan miqdorda 50 % qo‘shimcha haq undiriladi.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
20 ish kuni
Davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish — 2 ish kuni

#Bilasizmi #OTM

📃Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
ariza beruvchining o‘qiganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘qishga qabul qilingan sana, o‘qish tugatilgan sana, ta’lim muassasasining o‘qigan davrdagi nomi, ta’lim muassasaning hozirgi nomi (agar mavjud bo‘lsa).

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Buzilish

📃Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs va yuridik shaxs

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
kadastr raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Pensiya #Nafaqa

📃Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda davlat xizmatlarini yanada takomillashtirish istiqbollari kelishib olindi

2024-yilning 12-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi rahbari Vim Riepma hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili v.b. Anas Karman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasining 2023-yil yakuni bo‘yicha natijalari muhokama qilindi.

Xususan, janob V. Riepma va A.Karman loyiha doirasida erishilgan natijalarni ijobiy baholab, Adliya vazirligi bilan bu borada olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida BMT TDning loyiha guruhi tomonidan 2023-yil davomida Loyiha doirasida erishilgan yutuqlar hamda 2024-yilgi rejalar haqidagi taqdimot o‘tkazildi.
Jumladan, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan o‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, 2023-yil davomida bajarilishi yakuniga yetmagan vazifalar borligi va ularni joriy yilda loyiha guruhi tomonidan yakuniga yetkazilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu loyiha doirasida ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Loyihaning 2-fazasini ishga tushirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan keyingi bosqichda asosiy e’tibor onlayn xizmatlar sifatini oshirishga qaratilishi zarurligi, bu orqali fuqarolarning ortiqcha vaqti va xarajatini tejash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi muhimligi va yaqin yillarda O‘zbekistonning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi borasida Top-20 talik davlatlar qatoriga kirishi yuzasidan Adliya vazirligi o‘z oldiga katta maqsad qo‘yganligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng taraflar hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali amalga oshirish maqsadida zarur masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib borishga kelishib oldilar.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Neft #Gaz

📃Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish

🛢Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) hamda telefon raqami;
obyekt joylashgan manzil;
ishlarni bexatar amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kun

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi;
b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
v) Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Neft #Gaz

📃Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga mo‘ljallangan moddiy-texnik bazaning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa

🛢Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishga mo‘ljallangan moddiy-texnik baza

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), telefon raqami;
ishlarni bexatar olib borish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiqligi;
b) Sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
v) Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
1 yil

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 12:26:59
Back to Top
HTML Embed Code: