Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya bo‘limining yangi zamonaviy binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X. Meliyev Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib, dastlab Quyichirchiq tuman adliya bo‘limi uchun qurilayotgan yangi ma’muriy bino holati bilan tanishilib, yangi binoda, eng avvalo, aholi uchun keng qulayliklar yaratilishi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur binoda adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi va FHDYO bo‘limi joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bir joyda barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati, o‘z navbatida, fuqarolarga ko‘plab qulayliklar yaratadi. Binoga barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan zamonaviy jihozlar o‘rnatilishi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kerakli uskunalar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birgalikda, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar o‘yin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Vazir o‘rinbosari “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashdi

Adliya vazirligi va hududiy boshqarmalar tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularga huquqiy ko‘mak berish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olingan.

Mazkur chora-tadbirlar doirasida  adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Bo‘ka tumanidagi “Bo‘ston” MFYda “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, ularni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi”ning adliya bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonining mohiyati va ahamiyati yuzasidan suhbatlashildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bir harakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 800 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika seminari o‘tkazildi

Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda oilalar mustahkamligini taʼminlash, yosh oilalarda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida nikohlanuvchilar doimiy ravishda maxsus o‘quv kurslari asosida o‘qitib kelinmoqda.

Mazkur sohada samaradorlikni yanada oshirish maqsadida “Oila mehr va baxt qo‘rg‘oni” mavzusida respublika namunaviy seminari o‘tkazildi.

Unda 14 ta hududdan kelgan mutaxassislar, yosh kelin-kuyovlarning maxsus kurslarini tamomlagan yoshlar va o‘quv-kursini boshlaydigan juftliklar ishtirok etdi.

Seminar davomida nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalarida ko‘plab tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida oila munosabatlariga doir kitoblar taqdim etilib, soha vakillari kelgusidagi rejalarni belgilab olishdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Bo‘ston” da sayyor qabul

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda adliya boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi. Bo‘ston mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 44 ta masala yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator masalalar masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Shu joyning o‘zida markaz xodimlari tomonidan 17 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/toshkentviladliya
2024/06/18 11:27:20
Back to Top
HTML Embed Code: