Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiya va Koreya Respublikasining Tartibga solishni isloh qilish qo‘mitasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi tashrif chog‘ida 2024 yilning 7 may kuni Koreya Respublikasining Sejong shahrida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev hamda Koreya Respublikasining Tartibga solishni isloh qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yang Sung Xo o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, unda har ikki davlatdagi tartibga solish ta’sirini tahlil qilish tizimi, sohada erishilgan yutuqlar muhokama qilinib, o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Qo‘mita vakillari tomonidan faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari, jumladan, tartibga solish ta’sirini tahlil qilish tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Xususan, Qo‘mita tartibga solish siyosati va islohot strategiyalarini ishlab chiqish, asosiy yo‘nalishlarini belgilash va qabul qilish, shuningdek, qonunchilik hujjati loyihasining ta’sirini tahlil qilish va amaldagi qonunchilik hujjatining huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha yakuniy xulosa beruvchi organ hisoblanishi ma’lum qilindi.

Qo‘mita norma ijodkorligi jarayonlardagi eng muhim organlardan biri bo‘lib, butun ma’muriyat bo‘ylab nazoratni ta’minlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Qo‘mita Bosh vazir boshchilik qiladigan 21 ta davlat va xususiy sektor vakillaridan iborat bo‘lib, Prezident ma’muriyati huzurida faoliyat yuritadi.

Tashrif yakunida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalariga yo‘lga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer hisoboti va yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobot nima?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Bino_inshoot #Mansublik

📃Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ko‘chmas mulkning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

🔹Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
bino va inshootlarning joylashgan manzili;
bino va inshootlarning kadastr raqami;
bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Avtomobil_tarixi

📃“Avtomobil tarixi” haqida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;

STIRi;
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumoti (seriyasi va raqami).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha qanday ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatiladi?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi delegatsiyasi va Koreya Respublikasining Hukumat qonunchiligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik dasturi tasdiqlandi

Vazirlik delegatsiyasining Koreya Respublikasidagi tashrifi chog‘ida 2024-yilning 8-may kuni Koreya Respublikasining Sejong shahrida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va Koreya Respublikasi Hukumat qonunchiligi vaziri o‘rinbosari Kim Chan-Beom o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Hukumat qonunchiligi vazirligi vakillari tomonidan Taraqqiyotga rasmiy ko‘mak (Official Development Assistance – ODA) hamda Osiyo qonunchilik institutlari kengashi (Council of Asian Legislative Institutions – CALI) loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Xususan, ODA loyihasida Osiyo va O‘rta Sharqning 17 ta davlatida huquqiy axborotni raqamlashtirish, tarqatish va standartlashtirish, huquqiy axborot portallarini tashkil etish, treninglar o‘tkazish nazarda tutilgan.

Shuningdek, CALI loyihasini 2025-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, tashkilotning asosiy funksiyalari sifatida kelajakda yuzaga keladigan qonunchilik masalalarini birgalikda tadqiq qilish, qonunchilik jarayonlari boshqaruvini takomillashtirish, huquqiy axborotni raqamlashtirish hamda qonunchilik hujjatlarini zamonga moslashtirish belgilangan.

Taqdimotlar yakunida O‘zbekistonga ushbu loyihalarda Markaziy Osiyodagi muhim strategik hamkor sifatida qo‘shilish takliflari bildirildi. Tomonlar ODA va CALI loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida ikki tashkilot tomonidan 2009-yilda imzolangan anglashuv memorandumida belgilangan yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev hamda Koreya Respublikasi hukumat qonunchiligi vaziri o‘rinbosari Kim Chan-Beom tomonidan chora-tadbirlar dasturi imzolandi. Ushbu dasturda 2024-2025 yillarda qonunchilikni rejalashtirish tizimi, qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, yuridik ta’lim va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

😄@davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Fuqaro_nomida #Turar_joy

📃Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
obyekt joylashgan manzil;
ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tug‘ilganda beriladigan nafaqani tayinlash yuzasidan murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📊Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasi kimlar?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Topilma

📃Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
STIRi;
ashyoning yo‘qolganligi haqida xabar berilgan ariza raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
1 ish kuni

❗️Eslatma:
pasport qoidalari jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yo‘qolgan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
yo‘qolgan ashyo egasi yoki uning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz murojaat qilishi mumkin.
yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun avval yo‘qotilganlik haqida xabar berish xizmatidan foydalanish talab etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Mavzuli_sorovlar

📃Mavzuli so‘rovlar to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
so‘ralayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil ko‘rsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).

📃Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma, vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda vorislik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat, so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

🔹Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish (bir shaxs uchun)
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari

🔹Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish
1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

🔹Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilganda mazkur bandlarda belgilangan miqdorda 50 % qo‘shimcha haq undiriladi.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
20 ish kuni
Davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish — 2 ish kuni

2024/09/21 14:19:05
Back to Top
HTML Embed Code: