Telegram Web Link
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💸 Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

Bugun, 9-fevraldan boshlab Xovos tumanining “Qahramon” mahallasida faoliyat yuritgan davlat xizmatlari markazi filiali qayta jihozlanib, yangi ish rejimiga oʻtdi. Tantanali marosimda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.

Ushbu mahalla 2004-yilga qadar Mehnatobod tumani tasarrufida boʻlgan, tuman tugatilgandan soʻng Xovos tumani hududiga oʻtgan. Hozirda “Qahramon” mahallasida besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada Xovos tuman davlat xizmatlari markazi filiali faoliyat yuritadi. Tuman markazidan 35—40 km masofa olisda joylashgan mahallada filial tomonidan yon atrofdagi “Binokor”, “Boʻston”,“Paxtakor”, “Husnobod”, “Yangiyer” mahallalari fuqarolariga ham xizmat koʻrsatilmoqda.

Bugunga qadar mazkur filial orqali yuqorida qayd etilgan 6 ta mahalla aholisi haftaning seshanba va juma kunlari davlat xizmatlarini olish imkoni mavjud edi. Endilikda filial dushanbadan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar doimiy ish rejimida ishlaydi. Maqsad — aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdir.

Xovoslik fuqarolar endi oʻzlariga qulay vaqtda oʻz mahallasida koʻrsatilayotgan xizmatdan foydalanishi mumkin. Filialda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Shinam xona, internetga ulangan kompyuter toʻplami, davlat xizmatlari va ulardan foydalanish boʻyicha haqida maʼlumot beruvchi axborot burchaklari va boshqalar shular jumlasidan. Aholi ommabop boʻlgan 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldi.

Shu kuni filialda FHDY boʻlimi tomonidan yosh oilaning nikohi qonuniy qayd etildi. Shuningdek, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 7 nafar xovoslik fuqaroga hujjatlar topshirildi.

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_qulaylik

Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani boshlandi.

Mavzu: Davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar va "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tadbirda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz ga yuboring.

📹 Onlayn-translyatsiya 👉 https://www.youtube.com/live/1H4e47Obh6k?si=CjlU252MbgpglLR8

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy aksiya: 20 kunda 19 872 nafar shaxs tegishli hujjatlarga ega emasligi holatlari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_davlat_xizmatlari

Avtotransport vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazish uchun mavjud markazlar haqida ma'lumot olish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videoda...👆🏻

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 22:30:28
Back to Top
HTML Embed Code: