Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_davlat_xizmatlari

📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;

🔹konchilik ishlarining yillik loyihasi;

🔹grafik materiallar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

Izoh:
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyatini litsenziyalash

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyatini olib borishi uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Aksiyadorlik jamiyati hisoblanadigan yuridik shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnomani” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyati.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💸 Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

Bugun, 9-fevraldan boshlab Xovos tumanining “Qahramon” mahallasida faoliyat yuritgan davlat xizmatlari markazi filiali qayta jihozlanib, yangi ish rejimiga oʻtdi. Tantanali marosimda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.

Ushbu mahalla 2004-yilga qadar Mehnatobod tumani tasarrufida boʻlgan, tuman tugatilgandan soʻng Xovos tumani hududiga oʻtgan. Hozirda “Qahramon” mahallasida besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada Xovos tuman davlat xizmatlari markazi filiali faoliyat yuritadi. Tuman markazidan 35—40 km masofa olisda joylashgan mahallada filial tomonidan yon atrofdagi “Binokor”, “Boʻston”,“Paxtakor”, “Husnobod”, “Yangiyer” mahallalari fuqarolariga ham xizmat koʻrsatilmoqda.

Bugunga qadar mazkur filial orqali yuqorida qayd etilgan 6 ta mahalla aholisi haftaning seshanba va juma kunlari davlat xizmatlarini olish imkoni mavjud edi. Endilikda filial dushanbadan juma kunigacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar doimiy ish rejimida ishlaydi. Maqsad — aholini bir hujjatni deb ovora qilmaslik, fuqarolarga qulaylik yaratishdir.

Xovoslik fuqarolar endi oʻzlariga qulay vaqtda oʻz mahallasida koʻrsatilayotgan xizmatdan foydalanishi mumkin. Filialda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Shinam xona, internetga ulangan kompyuter toʻplami, davlat xizmatlari va ulardan foydalanish boʻyicha haqida maʼlumot beruvchi axborot burchaklari va boshqalar shular jumlasidan. Aholi ommabop boʻlgan 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻldi.

Shu kuni filialda FHDY boʻlimi tomonidan yosh oilaning nikohi qonuniy qayd etildi. Shuningdek, “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 7 nafar xovoslik fuqaroga hujjatlar topshirildi.

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_qulaylik

Xovos tumani “Qahramon” mahallasidagi DXM filiali qayta jihozlanib, yangi rejimda ish faoliyatini boshladi

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani boshlandi.

Mavzu: Davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar va "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar

Tadbirda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz ga yuboring.

📹 Onlayn-translyatsiya 👉 https://www.youtube.com/live/1H4e47Obh6k?si=CjlU252MbgpglLR8

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy aksiya: 20 kunda 19 872 nafar shaxs tegishli hujjatlarga ega emasligi holatlari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
2024/11/16 10:56:28
Back to Top
HTML Embed Code: