Telegram Web Link
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔹Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida hududlardagi adliya organlarini oʻrganmoqda.


Bugun tashrif davomida Oltiariq tumanidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va ularning arxivlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Oltiariq tuman Madaniyat boʻlimida qish mavsumi uchun tayyorlangan koʻmir zaxirasini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Respublika isteʻmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori asosida koʻmir zaxirasi tashkil etilganligini koʻzdan kechirdi.

Masʻullar bilan oʻtkazilgan muloqotda yuqoridagi qaror talablarini buzganlik uchun mavjud jazo choralari tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🖥Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

📝Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🗓Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

📌Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📄Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📎 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

🟣To‘lanadigan yig‘im miqdori:

💳 Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

📌Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

📎Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

✔️Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi?

📄Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:

🔹ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanganda;
🔹ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;
🔹ariza beruvchi tomonidan tegishli yig‘im to‘lanmaganda.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev bugun hududlarni oʼrganish davomida Choʼngʼara qishlogʼidagi ijtimoiy obʼektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi.


Eksklav hudud - Choʼngʼara qishlogʼiga Qirgʼiziston Respublikasi Botken viloyati orqali 20 km. yoʼl bosib oʼtiladi. Qishloqni quruqlikdagi orol deyish mumkin. Chunki Choʼngʼaraning toʼrt tarafi qo‘shni Qirgʼiziston sarhadlari bilan tutashib ketgan.

261 gektar maydonga ega Choʼngʼara mahalla fuqarolari yigʼinida bir yarim minga yaqin qirgʼiz va oʼzbek millatiga mansub Oʼzbekiston fuqarolari istiqomat qiladi. Ularga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish va ularning muammolariga oʼz vaqtida yechim topish eng zarur birlamchi vazifalardan sanaladi.

Choʼngʼaradagi maktabgacha taʼlim muassasasi, 44-umumtaʼlim maktabi hamda Qishloq vrachlik punktining qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʼzdan kechirildi.

Shu bilan birga, hududdagi ijtimoiy muammolar eshitilib, ularni hal qilishga choralar koʻrish yuzasidan kelishib olindi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 22:31:53
Back to Top
HTML Embed Code: