Telegram Web Link
#litsenziyalash_xizmati #Bilasizmi

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash” mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

🛡Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno)

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

💠Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish qaysi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi?

👉Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 435-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📌Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E’lon

Ayrim texnik avariya qayd etilganligi sababli, ajratilgan aloqa kanallari bilan bog‘liq Ichki ishlar vazirligi xizmat faoliyatida, hususan Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida uzilishlar qayd etilmoqda.

Holat bartaraf etilib, kanallarning ishchi holati tiklangach davlat xizmatini ko‘rsatish davom ettiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📝Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Farg'ona viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Yozyovon va Qo'shtepa tumani adliya boʻlimlarida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Vazir o‘rinbosari dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig'i A.Buriyev tomonidan joriy yilning o'tgan o'n oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda FHDY organlari sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/25 12:28:54
Back to Top
HTML Embed Code: