Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz qabul qilinadi:;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi

✔️Hukumat qarori (704-son, 21.08.2019 y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosan qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi.

📄DXM Tizim orqali tegishli maʼlumotlarni oladi.

📝Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.

📌Davriy bosma nashrda eʼlon berish talab etilmaydi.

👉Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sifatini oshirish va tizimdagi muammolar mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 17-noyabr kuni Adliya vazirligining mas’ul xodimlari hamda Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari vakillari ishtirokida “Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sifatini oshirish va tizimdagi muammolar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan davra suhbatida vazirlik xodimlari tomonidan bugungi kunda davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzish, asossiz ravishda rad etish, ortiqcha hujjatlarni talab qilish holatlari davom etayotganligini bildirdi.

Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan qonunbuzilishlarni oldini olish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlikni kuchaytish va sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish lozimligini aytib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 10 oyi davomidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari tomonidan 100 mindan ortiq qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib,
3 820 nafar mansabdor shaxslar va xizmatchilar ma’muriy javobgarlikka, 307 nafar xodimlar intizomiy javobgarlikka hamda 27 nafari lavozimidan ozod etildi.

Tadbir davomida Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari vakillari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.

Davra suhbati yakunida Adliya vazirligi tomonidan kelgusida Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda tizimli ishlarni davom ettirishi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

📝Javob: Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

🔹belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi (yo‘qolganlik sabablari ko‘rsatilgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportning kseronusxasi (nusxasi);

🔹nikoh tuzilganligi haqida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan ma’lumotnoma;

🔹ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida.

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji 1 650 000 so'm (BHMning 5 baravari)

❗️Litsenziya qayta rasmiylashtirilayotganda, davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

🔅Izoh
: Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash pasporti mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa norma va qoidalarning talabgor va litsenziat tomonidan bajarilishini istisno etmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (600 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun qancha miqdorida yig‘im undiriladi?

❗️Javob: Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📝Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 330 000 so'm (BHMning bir baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

📌Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati:

🔹teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

🔹koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

🔹litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 600 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 06:23:16
Back to Top
HTML Embed Code: