Telegram Web Link
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳Yagona interaktiv davlat xizmatlari potalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/oz👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qilmoqda

Mamlakatimizda inson huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, davlat idoralarining aholi murojaatlari bilan ishlashi bo‘yicha yaratilgan tizim ayni vaqtda juda qo‘l kelmoqda. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar aholining dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish va huquqiy tushuntirishlar berishda kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Xovos tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Tadbirda dastavval vazirlik mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 5 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va Pazandachilik uskunalari, 2 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi. Masalan, fuqarolar G.Isayeva hamda X. Atabayevning moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yechim izlandi. Hozirda foydalanilmay kelinayotgan binoni ijaraga olish yoki xususiylashtirishda amaliy yordam so‘rab mas’ullarga yuzlangan Q.Botirovning murojaati yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal soha, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq 30 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul mobaynida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Apostil nima va u qaysi organlar tomonidan qo‘yiladi?

📝Apostil rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun rasmiy hujjatlarga qo‘yiladi.

📄Apostilga qo‘yiladigan imzo qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.

🔹adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sud;

🔹prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuratura;

🔹boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📝Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 330 000 so'm (BHMning bir baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji haqida ushbu👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kuni

📌Eslatma: Litsenziyalashda Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi bilan kelishish lozim boʻlgan hollarda 25 ish kuni.

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati:

🔹teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;

🔹koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;

🔹litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat🤫
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz qabul qilinadi:;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli ko'rsatish masalalari tanqidiy tahlil qilindi

Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 25-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Sirdaryo viloyatida 340 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 6 157 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 1 960 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 273 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/25 18:19:38
Back to Top
HTML Embed Code: