Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi — Elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” AKT
doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti o‘tkazildi.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi vakillar qatnashdi. Mahalliy ekspertlarning taqdimotlari tinglandi.

Sammitda soha vakillari va faollar davlatning raqamli transformatsiyasi va uning fuqarolar hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim masalalarni, shuningdek, turli mamlakatlar va mintaqalarda raqamli hukumatlar erishayotgan muvaffaqiyatlar, duch kelinayotgan muammolar hamda imkoniyatlarni muhokama qilindi.

Shu o'rinda, sammit doirasida Davlat va xo'jalik tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, raqamlashtirish sohasiga qo'shgan xizmatlari uchun belgilangan nominatsiyalar bo'yicha taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Jumladan, Adliya vazirligi "Elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot" nominatsiyasida g'olib deb topildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda quyi tizimlar faoliyatini o‘rgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari davomida Boyovut, Guliston, Sardoba, Oqoltin tumanlari, Shirin shahar adliya boʻlimlarida boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati , FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni, FHDY arxivida hujjatlarning saqlanishi holatini oʻrgandi.

Shuningdek, tizim xodimlari bilan suhbatlashib, jamoaviy birdamlik ruhini koʻtarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash hamda kasbiy bilim va malakani oshirish, eng muhimi xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi taʼkidlandi.

Muloqotda quyi tuzilmalar faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Ma’muriy shikoyat qanday shaklda beriladi?

📝Javob: Ma’muriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi O‘RQ-457-son Qonuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Qanday holatlar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi?

👉Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔹so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🔹davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
🔹loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
🔹bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
🔹bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
🔹loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
🔹binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
🔹bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
🔹vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
🔹obyektlarning taqiqda turganligi;
🔹bino va inshootlarning ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmaganligi;
🔹davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

FHDY bo‘limi xodimlari faoliyati tahlil qilindi

Bugungi kunda aholiga fuqarolik holati bilan bog‘liq huquqiy xizmat ko‘rsatishni sifatini yana-da yaxshilash va xizmat ko‘rsatish muddatini qisqartirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi masʼullari tomonidan FHDY bo‘limi xodimlari kun davomida amalga oshirayotgan ishlarni xronometraj qilish maqsadida Olmazor tuman FHDY bo‘limiga tashrif buyurib, faoliyati tahlil qilindi.

Bu kabi o‘rganishlar soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatish uchun FHDY  tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan.

Jumladan, Hukumatning  2023-yil 20-oktyabrdagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi 550-son qarori qabul qilinishi bilan, FHDY sohasini tartibda soluvchi 10 dan ortiq Hukumat qarorlari bekor qilinib, normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirilgani bilan bir qatorda tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomani YIDXP orqali elektron so‘rovnoma yuborish va bevosida FHDY bo‘limdan yoki pochta aloqasi orqali yashash manzilda turib guvohnoma olish imkoni yaratildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari A.Karman bilan uchrashdi

2023-yil 25-oktabr kuni Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari Anas Karman o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshida, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonlarni BMT Ustavining 78-yilligi bilan samimiy qutlab, ushbu sananing ramziy ma’noda millatlarni birlashtiradigan, tinchlik, barqaror rivojlanish va butun jahonda inson huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida vazirlik va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bugungi kundagi holat, jumladan, yutuq va kamchiliklar hamda loyiha ko‘magida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

A.Karman o‘z navbatida, yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgani va tashrif davomida davlat xizmatlari markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, yo‘lga qo‘yilgan islohotlarga yuquri baho berdi hamda vazirlik jamoasiga ushbu samarali natijalar uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

M.Ikramov tomonidan aholiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar vazirlik va Dasturning birgalikdagi mehnati ekanligi e’tirof etilib, loyihalarning kelajakda yanada samarali ishlashi uchun soha yuzasidan qator takliflar taqdim etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va loyihalarni yo‘lga qo‘yishda vazirlikning samarali faoliyatiga alohida urg‘u bergan holda, hamkorlikning keyingi bosqichlari yanada yuqori natijalarga boy bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/24 22:29:29
Back to Top
HTML Embed Code: