Telegram Web Link
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi

“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (550-son, 20.10.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;

Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;

O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.

📋 Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o'lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig'imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

☑️ Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig'imi undirilmaydi;

📁 FHDY organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

🔹tug'ilganlik haqida;
🔹nikoh tuzish haqida;
🔹nikohdan ajralish haqida;
🔹o'lim haqida.

🗓 Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDY organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.

📝 Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o'tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o'zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Bog'chaga yo'llanma shakillangaligi to'g'risida SMS xabar kelmasa, nima qilish lozim?

📝Xabaringiz bor yaqinda Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bolalarni bog'chaga qabul qilishda SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.

🤰Shu bilan birga, fuqarolardan ushbu qulaylik yuzasidan o'rinli savollar kelmoqda.

🤔Masalan: "Ariza berganimda telefon nomerni xato kiritgan bo'lsam yoki almashtirgan bo'lsam SMS xabarni qanday olaman?"

📱Aynan shu kabi yoki boshqa sabablarga ko'ra SMS kod kelmay qolgan holatlarga duch kelgan ota-onalar Adliya vazirligining quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi:

☎️712071199 (ichki raqam1603, 1606, 1607, 1609)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryo viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Sayxunobod, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari ish faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari dastlab Sayxunobod tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda aholi va tadbirkorliklarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligi, binoning kuz-qish mavsumiga shayligi holatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashib aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli muammolar o‘rganildi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.

Vazirlik masʼullarining tuman adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan muloqotida sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun nima asos bo‘ladi?

📝Javob: Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik: DXM xodimlari rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha doirasida 2023—2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari pilot hudud sifatida tanlab olingan. Bunda asosiy e’tibor mazkur hududlardagi davlat xizmatlari markazlari (DXM) xodimlarining bilim va saviyasini oshirish hamda onlayn xizmatlar ulushini oshirishga qaratilgan.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) direktori Viktor Kessler amaliy tashrif bilan joriy yilning 23-oktabr kuni mazkur qo‘shma dastur doirasida Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida bo‘ldi.

👉Batafsil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasini" olish mumkin.

🔸Murojaatlar:

🟣 "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
🟣YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📄Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar👈

👉Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹Loyiha-smeta hujjatlariga ekspert xulosasini berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

🔹Bunda bitta loyihaning ekspertizasi uchun xarajatlar loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymatda hisoblanadi.

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸Loyihaning bir foizgacha bo‘lgan qiymati;

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 30 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

🔸Ekspert xulosasining amal qilish muddati geologik yoki texnik topshiriqqa muvofiq tuzilgan loyihada ko‘rsatilgan davr uchun beriladi;

Izoh:Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma va smeta normalar to‘plamlari Davlat geologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 15:14:07
Back to Top
HTML Embed Code: