Telegram Web Link
#adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev davlat xizmatlari ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan idoralar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish ahvoli yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar murojaatlar bilan ishlash jarayonida duch kelayotgan ayrim tushunmovchiliklar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashlashdi. X.Meliev mazkur takliflar vazirlik tomonidan ko‘rib chiqilishini ma‘lum qilar ekan, vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni kelgusida oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berib o‘tdi.

BATAFSIL 👇

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📎Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📝Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

📄Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza.

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

🔹Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

📌Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev G‘uzor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

G‘uzor tumanining Chanoq MFY da o‘tkazilgan qabulda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev, Qashqadaryo  viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ostanov hamda tuman mas‘ullari ishtirokida  jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari  tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, kadastr hujjatini shakllantirish, mehnat va bandlik munosabatlari, sud-huquq masalalarida duch kelinayotgan muammolar, ta‘lim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq  murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 2 dona  davolanish uchun sanatoriyaga yo‘llanma, 3 dona eshitish moslamasi,1 dona nogironlik aravachasi va 1 dona hassa ham topshirildi.

Sayyor qabul davomida 70 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi, shulardan 18 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi, 16 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

💍Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar boʻyicha oʻrtacha nikoh yoshi haqida ma'lumot

🗓2023-yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan.

🤔Shundan 168 707 tasi birinchi marotaba qurilgan nikohlarni tashkil qiladi.

O'RTACHA NIKOH YOSHI:

Erkaklar — 26 yosh

Ayollar — 22 yosh

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 10:20:41
Back to Top
HTML Embed Code: