Telegram Web Link
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni ko‘rik va sinovdan o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsatnoma berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 600 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Sayyor_xizmat

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Payariq tumanida sayyor qabul tashkil etildi

Har bir inson muommolarsiz, bekamu-ko‘st, ertasidan ko‘nglini to‘q qilib yashashga haqli. Ayni paytda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ham bosh maqsadi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ana shu oliy tamoyilni chuqur his qilgan holda adliya masʼullari ham doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib keladi. Xususan, bugun Payariq tumanida fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish uchun tashkil etilgan  sayyor qabul ham ushbu maqsadlarga xizmat qildi.

- Bir qancha huquqiy muammolar yuzasidan keldim, - deydi tadbirkor B. Tugalova. - Xususiy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yganman. Tegishli miqdorda yer ajratish haqida qaror chiqarilgan. Mavjud soliqlarni ham to‘lab kelayapman. Biroq tuman kadastr bo‘limidagilar o‘sha yerni ajratib, chegaralarini belgilab berishni paysalga solayapti. Undan tashqari, bir qancha fuqarolar nomiga noqonuniy kredit rasmiylashtirilib,  to‘lovlar undirilib kelinmoqda. Bu borada shu paytgacha qilgan murojaatlarimiz samarasiz bo‘ldi. Adliya masʼullaridan adolat istab keldik.

Qabulda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev, Payariq tuman hokimi I.Jabborov hamda tuman masʼullari ishtirokida  jismoniy va yuridik shaxslarningana shu kabi muammolari  tingladi.

Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, kadastr hujjatini shakllantirish, mehnat va bandlik munosabatlari, sud-huquq masalalarida duch kelinayotgan muammolar, taʼlim, sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq 40 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mobil avtobusda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan tegishli muddatlar belgilandi va hal etilishi uchun mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

🏠Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

📝Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔹Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
🔸💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🗓Sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

📎Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

📌Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

💳Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ishchi guruh Payariq tumanida

Sayyor qabuldan so‘ng adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Payariq tuman Davlat xizmatlari markazi hamda 1-son FHDY bo‘limini aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Anʼanaga ko‘ra, o‘rganish ishlari ushbu masalalardan kelib chiqib, mavjud imkoniyatlar ko‘lamini tahlil qilishdan boshlandi. Unda moddiy-texnik bazadan tortib, binoga kirib kelayotgan fuqarolar uchun zarur bo‘lgan oddiy maʼlumotlar burchagi ham eʼtibor markazida bo‘ldi. Markazga kelgan fuqarolar bilan ham muloqotda bo‘lib, ularning huquqiy muammolari, sohaga doir fikr-mulohazalariga quloq tutdi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq vazifalar, chora-tadbirlar belgilab berildi.

Jumladan sayyor xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Xususan, xodimlar bilan muloqotda davlat xizmatlari, FHDY organi faoliyati va sohada yana-da samaradorlikka erishish borasidagi takliflar o‘rganildi. Jumladan, tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda duch kelinayotgan kamchilik va uning yechimi bo‘yicha X.Melivga o‘z takliflarini bildirdi.

— Tizimda eksterritorial tartibda guvohnoma chop etish funksiyasi bor, — deydi muloqot chog‘ida M.Vahobova. — Lekin otalik yoki yolg‘iz ona to‘g‘risidagi maʼlumotlarni chop etish funksiyasi mavjud emas. Bu esa mazkur masalada murojaat bilan kelgan fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishda bir qator noqulayliklarni tug‘dirmoqda. Agar mazkur qulaylik tizimga qo‘shilsa, bu nafaqat ish samaradorligiga, balki, fuqarolarning vaqti tejalishi, ovoragarchiligini oldi olinishiga ham xizmat qiladi.

Ushbu taklif bo‘yicha vazir o‘rinbosari vaziyatni to‘liq o‘rganib, uni bartaraf etish choralari ko‘rilishini maʼlum qildi. Muloqot davomida vazir o‘rinbosari xizmatlar sifatini, shuningdek, mavjud sharoitlarni yana-da yaxshilash, adliya organlari binolarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Jismoniy shaxslar soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Javob:

✔️Hukumatning 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

📝Ariza beruvchilar mazkur davlat xizmatidan my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rov yuborish orqali istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin.

❗️ Eslatma!
- xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul;
- xizmat natijasi avtomatik ravishda (real vaqt rejimida) shakllanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 12:27:08
Back to Top
HTML Embed Code: