Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o'rganish jarayoni davom etmoqda.

Mas'ullar tomonidan, Navbahor tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Aytib o'tish kerak, bugungi kunda Navbahor tumanida 41 ta MFY faoliyat yuritmoqda.Bu yerda aholining asosiy masalasi bandlik, uy-joy va oilaviy munosabatlar bilan bog'liq.

Adliya qabuliga kelgan fuqarolarning aksariyati mazkur yo'nalishda mas'ullarga murojaat qilishdi.

Shuningdek, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ta'lim krediti olish, suv ta'minoti, soliq va bank munosabatlari singari bir qator masalalar tegishli tartibda ko'rib chiqildi.

Muhabbat Kamolova tumanning "Mirzo Ulug'bek" mahallasida istiqomat qiladi.Dehqonchilik uchun yer - joyi bo'lganligi bois, sayyor qabul davomida agrotexnik tadbirlar o'tkazishga mo'ljallangan texnik jihoz sotib olishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.Fuqaroning masalasini ijobiy hal etish maqsadida adliya bo'limi tomonidan kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilishida amaliy ko'mak ko'rsatildi.

Feruz Xoliqov kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda mas'ullardan yordam so'radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.

Qabul mobaynida aholining 50 ga yaqin muammosi  ijobiy hal etish maqsadida adliya ish yurituviga qabul qilindi.

Shundan so‘ng fuqarolarga farzandini MTTga ro'yxatga qo'yish,elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy va manzil ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmatц
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?

👉Javob: Nikoh tuzilganligi haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

📝belgilangan namunadagi ariza;

🔹adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi yoki yo‘qolganligi (yo‘qolish sabablarini ko‘rsatgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;

🔹pasportlarning kseronusxalari (nusxalari);

🔹bolalarining (ular bo‘lsa) tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari;

🔹nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

Maktabdan tashqari taʼlim faoliyati bilan shugʻullanmoqchimisiz?

Unda siz "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Maktabdan tashqari taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani" vakolatli organga yuborishingiz zarur!

Ushbu xabarnoma orqali nodavlat maktabdan tashqari taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati bilan shugʻullanishingiz mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

📎To‘lanadigan yig‘im miqdori: 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

❗️Muhim ma'lumot: Chet tillarga oʻqitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi lozim.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmatlar_raqamlarda

🚘Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

🗓2023-yilning 1-iyuldan 25-sentabr holatiga DXMlar orqali eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirilganlar soni — 25 802 tashkil qildi.

📈Batafsil Infografikada👆👆👆

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Eski “prava”ni yangisiga qaerda almashtirish mumkin?
🟣Eski namunadagi haydovchilik guvohnomani almashtirish uchun online buyurtma bering!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Joriy yilning 27-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri bo'lgan Tomdi tumani Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Takidlash joizki, Navoiy viloyatining Tomdi tumani shahar markazidan 300-400 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yerlik aholi asosan chorvachilik bilan shug'ullanadi. Maydoni jihatdan keng bo'lsa-da, xonadonlar tarqoq joylashgani bois, bu yerda aholi gavjum emas. Adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tomdiliklar uchun nafaqat xizmat ko'rsatadigan, balki, o'zaro yig'ilishib, diydorlashadigan maskanga aylanib ulgurgan.

An'anaga ko'ra, o'rganish jarayon dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlandi.

Muloqot davomida, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan tashqari, markaz binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar ham belgilab berildi.

Shu birga, ishchi guruh vakillari Tomdi tuman hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga ko‘maklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, Tomdi tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 3 000 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Tomdi tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganilganligi haqida xabar bergandik.

Kunning ikkinchi yarimida, ishchi guruh tomonidan viloyatning Zarafshon shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari,  FHDY organi  faoliyati o'rganildi.

Zarafshon viloyatning shimoliy hududida joylashgan aholisining aksariyati ishchilar bo'lgan mazkur shaharda asosan, elektron imzo olish, farzandini MTTga ro'yxatga qo'yish borasida davlat xizmatlaridan foydalaniladi.

Mas'ullar bu yerda davlat xizmatlari ko'rsatish markazi binosida yaratilgan sharoitlar, fuqarolar uchun tashkil etilgan kutubxona-yu,  bolalar maydonchasini ko'zdan kechirish bilan bir qatorda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, ayniqsa, elektron navbatni to'g'ri tashkil etilayotganligiga alohida e'tibor berib, ishchi guruh mas'ullari mazkur jarayonni o'zlari amalda sinovdan o'tkazishdi.

Shu birga, ishchi guruh vakillari Zarafshon shahar hokimi, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish va davlat xizmatlaridan foydalanish borasidagi fkirlarini yaqindan o'rgandilar.

Muloqot jarayonida FHDY arxivi hujjatlari saqlanish holati, turkumlanishi, yuridik xizmat ko'rsatish sohasi, adliya bo'limlarida fuqaro murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/27 07:24:52
Back to Top
HTML Embed Code: