Telegram Web Link
#Bilasizmi

📃Tibbiy faoliyatni litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, tanlangan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari (ambulator, statsionar), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.
Ma’lumotda tibbiy texnika, uskunalar va boshqa texnika vositalarining nomi, soni, har birining seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarish sanasi, ushbu vositalarning ishlatilishi uchun davlat organlaridan maxsus ruxsat olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, tegishli tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va hujjat bergan tashkilot nomi ko‘rsatilishi kerak.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga;
13,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi hisobvarag‘iga;
qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
30 kun.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
5 yil

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish muassislar qarori bilan amalga oshiriladi

✔️Hukumat qarori (704-son, 21.08.2019 y.) bilan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosan qaror qabul qilingandan keyingi ish kunida qaror va hujjatlar tegishli davlat xizmatlari markazi (DXM) va bankka taqdim qilinadi.

📄DXM Tizim orqali tegishli maʼlumotlarni oladi.

📝Tugatiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining eng uzog‘i uch yillik davri (amalda 5 yil) tekshiriladi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan va soliq qarzi bo‘lmagan korxonaning ushbu faoliyati tekshirilmaydi.

📌Davriy bosma nashrda eʼlon berish talab etilmaydi.

👉Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxs o‘z faoliyatini tugatishda qarzi yo‘qligi haqida xulosa olish talab etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xizmat safari davomida Chimboy va Taxtako'pir tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tuman adliya boʻlimlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Chimboy tumanidagi faol tadbirkorlarning biri, hunarmand A.Turekeevning qoʻl mehnati asosida yaratilgan qoraqalpoqlarning milliy qora uylarini qurish ustaxonasida boʻlib, tadbirkorning elektr energiyasi bilan bogʻliq muammosini tingladi va mas’ullarga oʻrganish yuzasidan shu yerning oʻzida tegishli topshiriqlarini berdi.

Shundan soʻng Taxtakoʻpir tumanining “Bel taw” OFY “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “online mahalla” platformasida aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni hal etish yuzasidan oʻzining tavsiyalarini berdi.

Bugungi safar soʻngida adliya boʻlimlari xodimlarining ish faoliyatidagi muammo va takliflari muhokama qilindi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi bo'lim boshlig'i Baratov Usmon Ashirmatovich 2024-yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Baratov Usmon Adliya vazirligi tizimidagi oʻz faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida kompyuter tarmoqlari bo'yicha muhandis sifatida boshlagan. 2023-yildan boshlab esa bo'lim boshlig'i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Baratov Usmon Adliya vazirligi faoliayatini raqamlashtirish sohasida o'zining salmoqli hissasini qo'shib kelmoqda. Xususan, mahallalarda onlayn davlat xizmatlaridan sodda va qulay tarzda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kiosklarni o'rnatish bo'yicha ishlarni amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimida katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish dasturi (Qlik Sense) yaratilishida, boshqarmalarning raqamli pasporti va faoliyat arxitekturasini ishlab chiqishda, davlat xizmatlarini ko'rsatilishida Face-ID texnologiyasini joriy etishda sezilarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Usmon Baratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_xizmatlar

YANGI XIZMATLAR JORIY ETILADI!

📃Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 553-son qarori bilan quyidagi davlat xizamtlari endilikda faqat Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali ko’rsatiladi:

🔹doimiy faoliyat ko’rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro’yxatdan o‘tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish;
🔹xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslarni hisob ro’yxatiga olish;
🔹nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo’lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditatsiya qilish;
🔹nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro’yxatidan o’tkazish.

Ma’lumot uchun: hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) — fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat organ.

Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, nizo ko‘rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o‘z faoliyatini tugatadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xizmat safari davomida Beruniy va Ellikqal’a tumanlari hamda Nukus shahariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tuman adliya boʻlimlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari, “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, Beruniy tumanida tashkil qilingan “Ekobozor” investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

Xizmat safari Ellikqal’a tumanida davom ettirildi. Huquqni muhofaza qiluvchi oʻrganlar bilan birgalikda Bostan MFYda istiqomat qiluvchi aholi oʻrtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida, aholini qiynab kelayotagan uy-joy, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, aliment, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 6 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal qilindi, 11 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi va 7 nafar fuqaroning murojaatlari qoʻshimcha oʻrganish uchun nazoratga olindi.

Xizmat safari davomida Ellikqal’a tumani tuman adliya bo‘limi va Nukus shahar adliya bo‘limining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishib, binoda elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish hududi, bolalar oʻyin maydonchasi, mini-kutubxona, infokiosk va bepul Wi-Fi bilan taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy haydovchilik guvohnomasini Davlat xizmatlari markazlarida hamda masofadan turib onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud

Xabaringiz bor, tegishli imtihonlardan o'tib haydovchilik guvohnomasini olish uchun bevosita vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga murojaat qilish lozim edi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga asosan, hozirda faqat IIBB YHXB boʻlimlari orqali emas, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza berish yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish orqali ham yangi namunadagi guvohnoma olish imkoniyati yaratilgan.

💻Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar tomonidan haydovchilik guvohnomasiga uydan turib, YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza berilganda Pochta orqali yetkazib berishi xizmatini ham tanlash mumkin !

💸Bunda BHMning 70 foizi miqdorida yig'im hamda pochta xizmati uchun (yetkazib berish tanlanganda) toʻlov amalga oshiriladi.

🚗Pochta xizmati tomonidan tanlangan manzil bo'yicha guvohnoma yetkaziladi va xodim tomonidan ariza beruvchidan tegishli hujjatlar olib qolinadi.

Yetkazib berish imkoniyatidan foydalanilmagan taqdirda ariza yuborilgan Davlat xizmatlari markaziga bevosita kelib guvohnomani olish mumkin.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari yuqorida keltirilgan
.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda poliklinikalarda hisobga turish elektron bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibini yanada osonlashtirish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan poliklinikalarga hisobga qo'yish:

- doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganda avtomatik tarzda yangi manzildagi tibbiyot muassasasiga ham hisobga qo‘yish;
- YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bergan holda;
- bevosita poliklinikaga murojaat qilgan holda;
- tug‘ilgan bolani onasining yashash manziliga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda ro‘yxatga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.

Xizmat yakunida ariza beruvchilar tibbiyot muassasiga hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risida tegishli ma’lumotnomani (QR-kod qo‘yilgan) elektron yoki qog‘oz shaklida olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatishning yangi tartibi bo‘yicha batafsil ma'lumot.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@davxizmat
2024/09/21 05:29:52
Back to Top
HTML Embed Code: