Telegram Web Link
#Bilasizmi #Turar_joy #Maydon

📃Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida Mustaqilligimizning 33-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Batafsil keyingi postlarimizda 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
❗️Soliq qoʻmitasi axborot tizimlarida profilaktika oʻtkazilishi sababli 30-avgust kuni soat 22:00 dan 3-sentabr kuni soat 18:00 gacha yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatish va elektron raqamli imzo berish xizmatlarni koʻrsatishda uzilishlar kuzatiladi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari o’z ishini 3-sentyabrdan boshlaydi.
Onlayn xizmatlar ko’rsatilishi, yuqoridagilardan tashqari, davom etmoqda.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Bugundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari offline rejimida o’z ishini boshladi

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
#Bilasizmi #Pensiya #Pensiya_miqdori

📃Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
boshlang‘ich davr;
yakuniy davr;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Yagona_davlat_registri

📃Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bazasidan ma’lumotlarni taqdim etish

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ariza beruvchi jismoniy shaxs uchun:
ariza beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

Ariza beruvchi yuridik shaxs uchun:
to‘liq nomi;
tashkiliy-huquqiy shakli;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
pochta manzili;
STIRi;
bank rekvizitlari (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
KTYADR bazasidan har bir tashkilot bo‘yicha taqdim etiladigan ma’lumotlar uchun:
tashkilot soni 100 tagacha bo‘lganda, Bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida;
tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha bo‘lganda, Bazaviy hisoblash miqdorining 0,02 foiz miqdorida;
tashkilot soni 10 000 tadan ortiq bo‘lganda, Bazaviy hisoblash miqdorining 0,01 foizi miqdorida.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni (to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng)

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY #Arxiv

📃Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalari (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi o‘zgartirilganligi, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar)

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy adliya boshqarmalari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

👫Hujjat so‘ralayotgan shaxsning ma’lumotlari:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
ma’lumotnoma turi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa ma’lumotlar);
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil va sana:
talab etilayotgan ma’lumotlar qayd etilishi mumkin bo‘lgan davr;
dalolatnoma yozuvi qayd etilgan hudud (hudud nomi yoki respublika miqyosida).

📌So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar:
uchinchi shaxslar manfaatida harakat qilinayotganda — notarial tasdiqlangan ishonchnoma (chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bo‘lishi lozim);
tegishli holatlarda marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qonuniy vakil bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

❗️Pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar joriy yil 15-maydan 1-noyabrgacha qabul qilinadi

Batafsil videorolikda

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Ta'ziya

Adliya vazirligi jamoasi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi, notariat bo'limi bosh maslahatchisi Nadira Ilxamovna Rashidovaning otasi Ilxam Sharofovich Rashidovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

https://www.tg-me.com/davxizmat
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
📣 9-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Kadastr agentligi bilan hamkorlikda kadastr sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari yuzasidan “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida aholi bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

11:00 dan 13:00 gacha

Onlayn muloqot davomida koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtiladi.

Shuningdek, @adliyasupport_bot Telegram boti orqali fuqarolardan kelib tushadigan savollarga javob beriladi.

Muloqot vazirlikning YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shoxidaxon Yuldasheva
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib, joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish darajasi hamda yoshlarga yaratilgan sharoitlarni oʻrganmoqda.

Xususan, vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi “Monomarkaz”ning yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyati bilan tanishdi. U yerda tahsil olayotgan 24 nafar yoshlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollari va muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, X.Meliyev “Qavali” erkin iqtisodiy zonasida 20 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyat yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan muammolari masʼullar ishtirokida muhokama qildi. Yerni ijaraga olish, soliq, kadastr sohasida oʻrganib chiqish talab etiladigan 10 dan ortiq murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Qarshi shahridagi adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi tahlil qilinib, ularning xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Qashqadaryo viloyatida ishlarni toʻgʻri tashkil qilish va samaradorligini yanada oshirish masalalari masʼullar bilan muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.

https://www.tg-me.com/yuldasheva_shoxidaxon
#Adliya_xabari

Ayrim OTMlar tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar soʻralayotganligi ma'lum bo'ldi.

Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarda o'tkazilgan o'rganishlar va aholi bilan uchrashuvlar davomida ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan talab qilish taqiqlangan hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati) soʻralayotganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan 5-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Eslatib o'tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholidan 120 turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilish bekor qilinib, ushbu hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu hujjatlarning talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar, sizdan ushbu hujjatlarni talab qilish holatlari kuzatilsa, Adliya vazirligining “1008” va “1148” raqamli “Ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 13:18:38
Back to Top
HTML Embed Code: