Telegram Web Link
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 510 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📃 Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash


Litsenziya nomi: Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati uchun litsenziya

Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar

Litsenziyalovchi organ: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarish obyektining pasporti:
ishlab chiqarish obyektining bosh rejasi, shuningdek, ishlab chiqarish sikli va muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining joylashishi to‘g‘risidagi hujjatlar;
uskunaning ishlab chiqarilgan yili, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarilgan mamlakat;
uskunaning texnik holati va o‘rnatilgan ishlab chiqarish quvvatlari.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdori

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdori

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni

Litsenziyaning amal qilish muddati:
cheklanmagan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🗓Sertifikati talabgorlarga 5 yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

📎Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

📌Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

💳Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlar o‘zining faoliyatini olib borishi uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risidagi xulosa

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risidagi xulosa” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💸 Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Ariza ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kunida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati:
Normativ-huquqiy hujjatda belgilangan tartibda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳 Firma nomida qanday prinsiplarga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak?

📄O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

✔️ davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

✔️tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

✔️firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

✔️jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠 Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibini bilasizmi?

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

📌Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir.

📎Xizmatni koʻrsatish tartibi:

🔹 Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.

🔹 Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

📝 Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

🔰 Xizmat narxi:

BHMning 3 foizi miqdorida – 10 200 soʻm;

✔️Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlarga apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida 10 000 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqishda qonun buzilish holatlari aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati joriy etilmaganligi aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuqoridagi maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini joriy etish lozimligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida DXM va YIDXP orqali kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan monitoring tadbirlari davom etmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_muhim

📣 Adliya vazirligining davlat xizmatlari yoʻnalishidagi 1148 “ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Harbiy_xizmat

📃Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
Mudofaa ishlari bo‘limlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar
:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). Ishonchnomada:
nomiga harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

❗️Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga ma’lumotnoma berilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa;
chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi #Sudlanmaganlik #Sudlanganlik

📃Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)

Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi #Manzil

📃Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Fuqarolik

📃O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
Doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organi
Xorijda doimiy yashayotgan shaxs uchun — konsullik muassasasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
voyaga yetmagan farzandlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan vaqti va joyi, qarindoshlik darajasi;
O‘zbekiston Respublikasidagi oxirgi doimiy yashagan manzili va qaysi hujjatga asosan chiqib ketganligi (hujjat seriyasi va raqami);
qaysi davlat fuqarosi yoki qaysi chet davlat fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi.

📌Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
ma’lumotnomada ariza beruvchining voyaga yetmagan farzandlari ham ko‘rsatilganda, ularning nomidan qonuniy vakillari tomonidan imzolangan arizasi;
notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Ma’lumotnoma berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 oy

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma


⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

💸 Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kun.


🗓
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY #Guvohnoma

💠Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari haqida ma'lumotlar

🔹Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bu bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

🔹Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

🔹Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

🔹O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

❗️Tug‘ilish va o‘limning o‘z vaqtida qayd etilishi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomaning, shuningdek perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnomaning to‘g‘ri va aniq to‘ldirilganligi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi 550-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Davlat siriga nimalar kiradi? “E-qaror” platformasi orali qarorlarning yashirin qabul qilinayotgani sababi nimada? Nima uchun hokimlarning ko‘pgina qarorlari bekor qilinmoqda? O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga egalik huquqi qanday beriladi?

🖥 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan suhbat.

📹 Batafsil videoni ko‘rish 👉https://youtu.be/P7QPWH1z2XI

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Fuqarolik #Qabul #Qilish

🪪O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish uchun ariza

📃Davlat xizmatlari YIDXP orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi
:
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar

🏥Vakolatli organ:
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi;
oldin mavjud bo‘lgan barcha familiyalari, ismi, otasining ismi o‘zgartirishning sababi (o‘zgartirgan bo‘lsa);
tug‘ilgan joyi va sanasi;
millati;
ma’lumoti va ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi;
ilmiy darajasi, ilmiy unvoni;
oilaviy ahvoli;
ilgari O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lganligi, qayerda, qachon hamda nima asosida qabul qilganligi va yo‘qotganligi;
yashash guvohnomasining seriyasi va raqami, qaysi organ tomonidan va qachon rasmiylashtirilgan;
harbiy xizmatni qachon va qayerda o‘tagan, harbiy unvoni va harbiy guvohnomasidagi ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan avval jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz qachon, qayerda va nima sababdan;
O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelgan sana va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan sana;
O‘zbekiston Respublikasiga kelishdan maqsadi;
O‘zbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilganmisiz, agar tortilgan bo‘lsangiz, qachon, qayerda va nima sababdan;
mehnat faoliyati (ta’lim muassasalarida o‘qish va harbiy xizmat ko‘rsatib o‘tiladi);
yaqin qarindoshlar (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari, farzandlari);
nikohga doir ma’lumotlar;
O‘zbekiston Respublikasida barcha yashagan manzillariga oid ma’lumotlar;
o‘zingiz bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandlaringizni ham fuqarolikka qabul qilishni so‘rasangiz, ularni ko‘rsating (18 yoshga qadar);
yashash manzili va telefon raqami;
iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1.8 baravari

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 557-son qarorida belgilangan muddatlarda

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2022 yildagi 8-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 14:57:38
Back to Top
HTML Embed Code: