Telegram Web Link
#Bilasizmi #Bino #Xavfsizlik

📃Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish

🔹Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):
Bino (inshoot) va xonalar

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar

🏢Xulosani berishga vakolatli organ (lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari

🗂Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili; xulosani olish maqsadi (aniq ko‘rsatiladi);
jismoniy shaxslar uchun:
FIO, JShShIR, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili;
xulosani olish maqsadi (aniq ko‘rsatiladi).

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi

📆Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati:

10 ish kuni

📃Xulosa berishning talab va mezonlari:
Bino (inshoot) va xonalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yong‘in xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi.

📆Xulosaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024 yildagi 169-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baxmal tumanida Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari o‘rganildi

Baxmal tumanining "Fayziobod" MFYsi aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘ rganish talab etiladigan muammolar ish yurituviga qabul qilindi. Fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, "Oqtosh o‘ray" qishlog‘ida uyma-uy yurgan xolda honadonlarda bo‘lishib, o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotgan va halol mehnat qilib tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan oilalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar haqida ham tushunchalar berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Baxmal tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlarga farmon yazasidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida aniq tavsiyalar berdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri oʻrinbosarining Jizzax viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini o'rganish maqsadida Jizzax shahridagi “Band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi monomarkaz” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda ushbu markazda 22 ta kasb-hunar va 5 ta til kurslari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bu yerda kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan yoshlar va xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Vazir oʻrinbosarining navbatgi manzili Jizzax viloyat yuridik texnikumi boʻldi. Dastlab, texnikumdagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan taniwdi. Oʻqituvchi-pedagoglar bilan suhbatlashildi.

Shuningdek, yangidan rekonstruksiya qilinayotgan adliya boshqarmasi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi. Xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar ish sifati va samarasini oshishiga yordam berishi taʼkidlandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 16:23:00
Back to Top
HTML Embed Code: