Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnoma olish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari To’raqo’rg’on tumani adliya bo‘limi faoliyatini o’rgandi
.

Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev To’raqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.

Muloqotda adliya bo’limi faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Veterinariya #Litsenziya

📃Veterinariya faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Veterinariya faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:
familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanamagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Telekommunikatsiya #Litsenziya

📃Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza (arizada yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili, kerakli litsenziya toifasini, uning kichik turini va yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish, o‘zgartirish, uzaytirish maqsadini tanlash, shuningdek, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi ko‘rsatiladi);
b) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) va ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari, xizmatlar ko‘rsatish hududi ko‘rsatilgan ma’lumot;
v) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish va qurish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud bo‘lgan) ro‘yxati.
g) telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — tarmoqni tashkil etish va rivojlantirish rejasi (belgilangan shakl bo‘yicha bajariladigan ishlarga qarab zarur ma’lumotlar, abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);
d) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — eshittirishlar konsepsiyasi;
e) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va (yoki) xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olishda — obyektning qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risida vakolatli organning xulosasi yoki obyektni qo‘riqlash bo‘yicha tuzilgan shartnoma nusxasi;
j) radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olishda — berilayotgan chastotalardan foydalanish imkoniyati va uzatuvchi qurilmalarning tavsifi, quvvati va xususiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish bo‘yicha organning ma’lumoti;
z) boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo‘ljallanayotgan taqdirda, ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
i) O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tele va radio mahsulotlarni tarqatish huquqini olishda — teleradiomahsulotlarni tarqatish bo‘yicha xorijiy ommaviy axborot vositasining (yoki huquq egasining) roziligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma).

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Davlat boji miqdori to'liq bu yerda

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 ish kuni

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil;
ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyatiga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 15 yil;
litsenziyalanadigan faoliyatlarning qolgan turlariga litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori
#Bilasizmi #Fond #Birja #Litsenziya

📃Fond birjasi faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Birja faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Aksiyadorlik jamiyati hisoblanadigan yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) soliq organi tomonidan qabul qilingan oxirgi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi nusxasi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
v) birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalarining elektron nusxasi;
g) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali shakllanganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 ish kuni

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Bandlik #Agentlik #Litsenziya

📃Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini, shu jumladan, o‘zining yoki ijaraga olingan xonaning borligini tasdiqlovchi hujjatlar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolarga ko‘p funksiyali interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada kengaytirilmoqda

Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida adliya vaziri Akbar Tashkulov va Birlashgan Arab Amirliklarining “SEDCO” kompaniyasi
bosh direktori Madjdi Al-Beyt Shavish o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va namuna uchun O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning imkoniyat va afzalliklari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida “SEDCO” kompaniyasi vakillari tomonidan interaktiv kiosklarning dasturiy ta’minotidagi afzalliklari, masofadan monitoring qilish imkoniyatlari hamda fuqarolar tomonidan mustaqil foydalanishdagi qulayliklari tushuntirib berildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur kiosklarning texnik qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarda qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida sinov tariqasida O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning texnik xususiyatlarini tajribadan o‘tkazish hamda kelgusida aholi gavjum joylar hamda tuman markazidan uzoqda joylashgan mahallalarga o‘rnatishda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Balandlik #Sanoat #Alpinizm #Litsenziya

📃Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti yuridik shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasi bo‘lgan norezident yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan mutaxassislarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi;
v) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsiflari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
10 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Tunnel #Loyihalash #Qurish #Litsenziya

📃Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan)

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa),ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirishda, qurishda va ta’mirlashda qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
v) temir yo‘l, shuningdek, birlashgan ko‘priklar va tunnellardan foydalanish va ularni ta’mirlash sohasida — asbob-uskunalar, anjomlar, inventar, mexanizatsiyalash vositalari, transport, nazorat-o‘lchov qurilmalari va signal anjomlari bilan jihozlanganligi to‘g‘risida qisqacha tavsif;
g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Obyekt #Loyihalash #Qurish #Litsenziya

📃Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan)

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
b) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, diplom ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, loyihalashtirishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
v) Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsifi;
g) litsenziya talabgori (litsenziat) shtatidagi xodimlarning tegishli sertifikatlarini taqdim etishi lozim.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 16:34:54
Back to Top
HTML Embed Code: