Telegram Web Link
#b-advice.uz

Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda toʼsiqlarga duch keldingizmi?

💡Unda, “b-advice.uz” interfaol axborot portali murojaat qiling!

💻Ishonchli, qulay va eng muhimi bepul huquqiy maslahat beruvchi “b-advice.uz” portali sizga tadbirkorlik subʼektlari toʼgʼrisida hamda ularning faoliyatlariga bogʼliq boʼlgan barcha foydali maʼlumotlarni taqdim etadi.

🖥Mazkur portalda:

💼Tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va ulardagi yangiliklar;

📄Biznesni boshlash va yuritish tartib-tamoyillari;

📎Litsenziyalash. Sertifikatlash. Ruxsatnoma olish tartiblari;

🏦Soliq, Bank, Bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bogʼliq xizmatlari;

📂Biznesni tugatish tartibi;

🔍Tekshirishlar tartibi;

📌Qonunbuzarliklar uchun javobgarlik;

⚡️Hayotiy vaziyatlar;

📝Koʼp beriladigan savollar va ularga ekspertlar javoblari;

💳Kredit va ssuda olish tartiblari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

✔️b-advice.uz” portalidan foydalaning, vaqdingizni va naqdingizni tejang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab qanday tartib belgilanadi?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄 JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

✔️O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

📑 Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

📝 Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

📌 O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

☑️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

📎 2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Muhim_faktlar

❗️Elektron raqamli imzo kalitining paroli yo‘qolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash mumkin.

Bunda, murojaat qilinganidan so‘ng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) haqida ma’lumotnoma olish tartibidan xabardormisiz

Batafsil videoda…


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatlar to‘qnashuvi, shaxsiy manfaatdorlik nima tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳 Yashash joyiga doimiy roʻyxat (propiska)ga turish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin

🤔Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

🏠 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

✔️Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

✔️Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

📝Xizmat ko'rsatilganligi uchun BHMning 2 foizi (6 800 so'm) miqdorida davlat boji undiriladi;

🆗 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

📄Yashash joyiga doimiy roʻyxatga qo'yilganligi bo'yicha qayd varag'i beriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

📎Ma'lumot uchun: xizmatdan YAIDXP hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga ham murojaat qilishlari mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Rishton tumani adliya bo‘limida bo‘lib, binoning texnik holati, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashildi.

Shu bilan birga xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Farg'ona viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Qo‘qon shahar adliya boʻlimida boʻlib, bo‘lim xodimlarining ish jarayonlari, xususan davlat xizmatlari ko‘rsatilish sifati, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida FHDY bo‘limida tadbirlar o‘tkazish uchun tantanalar zali mavjud emasligi ma'lum bo‘lib, tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi bilan FHDY bo‘limiga tantanalar zali uchun bino ajratishga kelishildi.

Bundan tashqari, xodimlarga ish sifatini yaxshilash, doimiy o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, fuqarolar bilan xushmuomalalik bilan muloqotda bo‘lish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 20:30:50
Back to Top
HTML Embed Code: