Telegram Web Link
#Bilasizmi #Elektron_raqamli_imzo #ERI

🔑Elektrob raqamli imzo (ERI) kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha yig'im undirilishini bilasizmi?

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun:

yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan - bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

jismoniy shaxslardan - bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Eslatma: 2023-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 340 000 so‘mni tashkil etadi.

📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Soʻragan_edingiz #Elektron_raqamli_imzo #ERI

🏛 Davlat xizmatlari yo’nalishida ☎️“1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

🔑Qanday holatlar ERI kalitining sertifikatini olish uchun berilgan onlayn arizalarga vakolatli organ tomonidan rad javobi berilishiga asos bo'lishi mumkin?

🏢 Vakolatli organ tomonidan ERI kalitining sertifikatini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
murojaat qiluvchining shaxsi tasdiqlanmagan taqdirda;
murojaat etuvchi taqdim etgan so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi (shu jumladan, so‘rovnomada ko‘rsatilgan mobil aloqa abonent raqami murojaat qiluvchiga tegishli emasligi);
ERI kalitining sertifikatini berish uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi;
murojaat etuvchining hujjatlarni zarur tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi.

📝Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Manzil

📃Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi Manzil-ma’lumot byurolari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ruhiy #Dispanser

📃Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

🔵Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏥Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Narkologiya #Dispanser

📃Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏥Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar
:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Samarqanddagi xizmat safarining ikkinchi kunida Samarqand tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda fuqarolar va tizim xodimlariga yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va kamchiliklarni oʻrgandi. Ularni bartaraf qilish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatiga, adliya boʻlimi boshligʻiga topshiriqlar berdi.

Xizmat koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishib, bu boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, markazga kelgan fuqarolarning murojaatlarini tinglab tinglab, ularga davlat xizmatlarini ham koʻrsatdi. Oʻzaro muloqotlar chogʻida fuqarolar va tadbirkorlarning davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha taklif va mulohazalarini oʻrgandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Sudlanmaganlik #Sudlanganlik

📃Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarosi (shu jumladan MDH davlatlari fuqarosi) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs)

Jismoniy shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).
Uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF–70-son Farmoniga asosan ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish davlat xizmati bo‘yicha ariza qabul qilish joriy yilning 15-may kunidan boshlandi.

Mazkur davlat xizmati bo‘yicha joriy yilning 15-21-may kunlari davomida 150 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Ushbu davlat xizmati aholining ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalaga qaratilganligi sababli Adliya vazirligi tomonidan respublikada Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari misolida ushbu davlat xizmati ko‘rsatilishi holati o‘rganilmoqda.

O'rganish davomida Namangan viloyatida subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida ushbu davlat xizmati ko‘rsatilishini takomillashtirish hamda inson omilisiz subsidiya ajratish tizimini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ruhiy #Dispanser

📃Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

🔵Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxs

🏥Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Subsidiya

Subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda!

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-may sanasidan ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

O‘tgan 1 hafta davomida 162 117 ta ariza qabul qilindi.

Ariza berish usuli 2 xil:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (https://my.gov.uz/oz/service/325) – 113 003 ta;
Davlat xizmatlari markazlari orqali – 49 114 ta

Eng ko‘p ariza qabul qilingan hududlar:
Samarqand viloyati – 21 171 ta
Andijon viloyati – 21 105 ta
Farg‘ona viloyati – 18 308 ta
Toshkent shahri – 15 769 ta
Namangan viloyati – 13 703 ta

Arizalar tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari raisligidagi komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Ko'rib chiqish natijasi bo'yicha subsidiya ajratish yoki rad etish to'g'risida fuqarolarning telefon raqamlariga sms-xabar yuboriladi.
--------------------------------------------------------------
! Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga asosan, arizalarni qabul qilish maqsadli ko'rsatkichlar doirasida 2024-yil 1-noyabrgacha davom etadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

100 yoshni qarshilayotgan fuqaro davlat xizmatlaridan foydalandi

Narpaylik Mahmud bobo Isayev yaqin kunlarda 100 yoshni qarshi oladi. Yuz bilan yuzlashib, hayotning turli yo‘llarini bosib o‘tib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgan nuroniy bugun davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Narpay tuman davlat xizmatlari markaziga keldi. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishishi uchun ariza berdi.

Markaz xodimlari nuroniy otaxonga qisqa daqiqalarda xizmat ko‘rsatishdi. Ko‘pni ko‘rgan keksa foydalanuvchi xalq uchun, fuqarolar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday qulayliklardan mamnun ekanini bildirib, qo‘llarini duoga ochdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Harbiy_xizmat

📃Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi jismoniy shaxs

🏛Vakolatli organ:
Mudofaa ishlari bo‘limlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar
:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa). Ishonchnomada:
nomiga harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yashash manzili.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

❗️Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi shaxslarga ma’lumotnoma berilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan bo‘lsa;
chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 11:48:53
Back to Top
HTML Embed Code: