Telegram Web Link
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🚗Avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni qanday olish mumkin?

✔️Hukumatning 106-son qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YIDXP orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati orqali avtotransportingizga oid maʼlumotlarni juda tez, oson va qulay tarzda olishingiz mumkin!

📊Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

👉Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔅Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?

❗️Unda buni bilishingiz zarur!

📌Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT
(license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

💠Ariza.

📌Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

📕chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

📘ma’lumoti, mutaxassisligi;

🧾ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

💸taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

📋migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

💻chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

📃chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

👨‍💼 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

📚 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

📖viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 1️⃣5️⃣ ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz kerakmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼Jismoniy va yuridik shaxslar.

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati - 3 ish kuni.

📩 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

💻Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun online buyurtma bering!

🏠Pochta xizmati uyingizga etkazib beradi!

📄Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani
uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin. Avalgidek, FHDY organlariga bormaysiz, navbat kutib ovora boʻlmaysiz, bir-nechta hujjatlarga imzo qoʻymaysiz, asosiysi navbat kutib turmaysiz.

⌨️Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma berasiz.

📝Buyurtmada:

Farzandingizga tegishli ma'lumotlar to'ldiriladi;
Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

💬Soʻngi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 15 foizi (45 900 so'm) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 soʻm toʻlov amalga oshiriladi.

👨‍💻FHDY xodimi, kelib tushgan buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani pochta xizmatiga taqdim etadi.

🚗Guvohnoma pochta xizmati tomonidan yetkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Angor tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumani adliya bo‘limida bo‘lib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish faoliyatida  axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash, xususan, mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar muhokama qilindi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi xodimlari bilan uchrashib, sohadagi mavjud muammollar yuzasidan muloqot tashkil qildi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o‘rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 16-yanvar kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Angor tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan  shtab faoliyati a’zolari, sektor rahbarlari va yoshlar bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, korrupsiyaviy jinoyatlar tushunchasi hamda mazkur jinoyatlarni sodir qilishning huquqiy oqibatlar xususida ham ma’lumotlar berilib, targ‘ibot materiallari va Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyatini litsenziyalash

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Kosmik texnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlar o‘zining faoliyatini olib borishi uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Davlat boji undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 ish kuni davomida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan
 
😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risidagi xulosa

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali “Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risidagi xulosa” olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.

💸 Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Ariza ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 10 ish kunida.


🗓
Litsenziyaning amal qilish muddati:
Normativ-huquqiy hujjatda belgilangan tartibda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 17:36:06
Back to Top
HTML Embed Code: