Telegram Web Link
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 000 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

❗️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari markazi orqali sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Birja faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

📎
Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;

📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi;

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

🚘 Tonirovkaga ruxsatnomasi bo‘lgan avtotransportni sotib olganingizda yoki sotganingizda ruxsatnoma belgilangan muddatgacha amal qiladi

📝 Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga asosan:

🚗 Oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔊Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish tartibidan xabardormisiz?

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.

O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 330 000 so'm (BHMning 1 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

❗️Muhim ma'lumot: Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlarlari bilan quydagi ILOVA 👈 orqali tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🖥Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

📎Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📌Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📝Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💼 Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄 Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝 Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥 YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?
🟣Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E’lon

Kadastr agentligi axborot tizimlarida profilaktik ishlar amalga oshirish rejalashtirilganligi sababli joriy yilning 7-dekabr soat 20:00 dan 11-dekabr soat 11:00 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari hamda Notarial idoralarida kadastr sohasi bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot_lotin
#Bu_muhim

🏠Yashash joyiga doimiy roʻyxat ga turish qanday amalga oshirish mumkin?

📝Bugungi kunda Yashash joyiga doimiy roʻyxatga turish uchun fuqarolarimiz Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi yoxud my.gov.uz orqali amalga oshirishlari mumkin.

🧐 Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

📌 Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

🔵Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

🔵Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

🔵Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

💡Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda toʻlov 10 foiz chegirma bilan amalga oshiriladi.

📄 Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 14:18:54
Back to Top
HTML Embed Code: