Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Farg'ona viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Yozyovon va Qo'shtepa tumani adliya boʻlimlarida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Vazir o‘rinbosari dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, boshqarma boshlig'i A.Buriyev tomonidan joriy yilning o'tgan o'n oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda FHDY organlari sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Sportchilar sport pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

🖥Murojaatlar:
– Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy shaxs (sportchilar)

📝Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

🔹 arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari
🔹 Sportchi bilan jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
🔹yig‘im miqdori to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya

📄Yig‘im miqdori: BHMning 1/6 qismi (55 ming soʻm) miqdorida;

🤰“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan yigʻim miqdorining 50 foizi (27,500 so‘m) undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: bir kun.

👉Sport pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga elektron xabarnoma yuboriladi hamda vakolatli organ tomonidan besh kun muddatda pochta xizmati orqali pasport sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

💳Sport tashkiloti tomonidan pasport bir kun muddatda sportchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.

✔️Sport pasportining amal qilish muddati: 5 yil

❗️Eslatma: 16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari markazlari orqali Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani olish mumkin

👉Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 33 ming soʻm yigʻim undiriladi.

📝Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🗓 Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💳Keyingi qadamda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan, barcha talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

✔️Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔹Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

📄Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📝Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida hududlardagi adliya organlarini oʻrganmoqda.


Bugun tashrif davomida Oltiariq tumanidagi adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish va davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi va ularning arxivlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Oltiariq tuman Madaniyat boʻlimida qish mavsumi uchun tayyorlangan koʻmir zaxirasini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi “Respublika isteʻmolchilariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori asosida koʻmir zaxirasi tashkil etilganligini koʻzdan kechirdi.

Masʻullar bilan oʻtkazilgan muloqotda yuqoridagi qaror talablarini buzganlik uchun mavjud jazo choralari tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/26 21:46:59
Back to Top
HTML Embed Code: