Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli ko'rsatish masalalari tanqidiy tahlil qilindi

Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 25-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Sirdaryo viloyatida 340 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 6 157 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 1 960 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 273 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

📲 Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Bilasizmi#

🚘Tonirovkaga ruxsatnomasi bo‘lgan avtotransportni sotib olganingizda yoki sotganingizda ruxsatnoma belgilangan muddatgacha amal qiladi

📝Hukumatning 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qaroriga asosan:

🚗Oynalar tusini o‘zgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi o‘zgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Diplom dublikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Hukumat qarori (395-son, 21.07.2022-y.) bilan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ko’ra:

🔰 Taʼlim tashkilotini tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.

📝 Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan soʻrovnomani elektron toʻldiradi.

Ariza beruvchi soʻrovnomani YAIDXP orqali toʻldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

💰Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

❗️Yigʻimni toʻlamaslik xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.

📋 Soʻrovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

🏢Ariza beruvchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

⚠️ Ariza beruvchining xohishiga koʻra, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun toʻlovlarni ariza beruvchi toʻlaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

📎
Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi;

📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi;

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi;

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

📄JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

✔️O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

📑 Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

📝Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

📌 O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

☑️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

📎 2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📌Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari kundan-kunga yaqinroq!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Birja faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

Litsenziyalanadigan faoliyat turlari: Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💳Firma nomida qanday prinsiplarga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak?

📄O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:

✔️ davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;

✔️tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;

✔️firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;

✔️jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahrining Mirobod va Bektemir tumanlari adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati bilan tanishdi.

An'anaga ko'ra, o'rganish jarayon dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlandi.

O'rganish davomida, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan tashqari, markaz binosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar ham belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/24 22:19:00
Back to Top
HTML Embed Code: