Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari A.Karman bilan uchrashdi

2023-yil 25-oktabr kuni Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakil o‘rinbosari Anas Karman o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda boshida, adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov tomonlarni BMT Ustavining 78-yilligi bilan samimiy qutlab, ushbu sananing ramziy ma’noda millatlarni birlashtiradigan, tinchlik, barqaror rivojlanish va butun jahonda inson huquqlarini ta’minlashga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida vazirlik va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bugungi kundagi holat, jumladan, yutuq va kamchiliklar hamda loyiha ko‘magida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

A.Karman o‘z navbatida, yaqin kunlarda Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgani va tashrif davomida davlat xizmatlari markazlarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, yo‘lga qo‘yilgan islohotlarga yuquri baho berdi hamda vazirlik jamoasiga ushbu samarali natijalar uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

M.Ikramov tomonidan aholiga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar vazirlik va Dasturning birgalikdagi mehnati ekanligi e’tirof etilib, loyihalarning kelajakda yanada samarali ishlashi uchun soha yuzasidan qator takliflar taqdim etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va loyihalarni yo‘lga qo‘yishda vazirlikning samarali faoliyatiga alohida urg‘u bergan holda, hamkorlikning keyingi bosqichlari yanada yuqori natijalarga boy bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida mavjud axborot tizimlari bilan tanishdi

Joriy yilning 25-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi ishchi guruhi va Adliya vazirligi Raqamlashtirish boshqarmasi mas'ullari o'rtasida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida mavjud axborot tizimlari, raqamlashtirish jarayonlari, biznes jarayonlarni soddalashtirish hamda kompazit va proaktiv xizmatlarni tatbiq etish mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. Jumladan elektron hujjat almashinuvining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qogʻoz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDY organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompazit va proaktiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼluot berildi.

Qo'shni davlat vakillari tomonidan minnatdorchiilik bildirilib, hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun nima asos bo‘ladi?

📝Javob: Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

📌Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

👉Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

📝Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹amalga oshirish yoki amalga oshirish niyatida bo‘lgan harakatlar va (yoki) faoliyatning muayyan turi ko‘rsatilgan holda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi ariza;

🔹O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy bo‘limlaridan olingan ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqi uchun sanitariya-epidemiologiya xulosasi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 2 baravari

📄Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: BHMning 2 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 3 yil

Izoh:
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun beriladigan ariza, ariza beruvchi tomonidan har bir rentgen uskunasi uchun alohida beriladi, bunda har bir ariza uchun to‘lanadigan yig‘im alohida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

👨‍👩‍👧Yaqin qarindoshlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshiring!

💳Yagona interaktiv davlat xizmatlari potalidagi sahifangiz orqali yaqin qarindoshlaringiz to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rish imkoni mavjudligidan xabardormisiz?

🖥Agarda bexabar bo'lsangiz, quyida keltirilgan havola orqali yaqinlaringiz haqidagi ma'lumotlarni tekshirishingiz mumkin.

🔹https://my.gov.uz/oz👈

❗️Agar siz biron bir xatolik yoki nomuvofiqlikni aniqlasangiz, ma‘lumotlarni tahrirlash uchun ariza yuboring.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qilmoqda

Mamlakatimizda inson huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, davlat idoralarining aholi murojaatlari bilan ishlashi bo‘yicha yaratilgan tizim ayni vaqtda juda qo‘l kelmoqda. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar aholining dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish va huquqiy tushuntirishlar berishda kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Xovos tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Tadbirda dastavval vazirlik mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 5 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va Pazandachilik uskunalari, 2 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi. Masalan, fuqarolar G.Isayeva hamda X. Atabayevning moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yechim izlandi. Hozirda foydalanilmay kelinayotgan binoni ijaraga olish yoki xususiylashtirishda amaliy yordam so‘rab mas’ullarga yuzlangan Q.Botirovning murojaati yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal soha, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq 30 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul mobaynida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/25 04:25:57
Back to Top
HTML Embed Code: