Telegram Web Link
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

📌Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

📎Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 990 000 so'm (BHMning 3 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 👈

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz kerakmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼Jismoniy va yuridik shaxslar.

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati - 3 ish kuni.

📩 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatining Nurota tumani Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

Ta'kidlash joiz, Nurota tumani Navoiy viloyatining milliy qadriyatlarni o'zida eng ko'p saqlab kelayotgan maskanlardan biri hisoblanadi. Aholisining asosiy qismi hunarmand, bu yerda hech bir xonadon qiz farzandini voyaga yetgach o'z qo'li bilan tikkan kashtasisiz boshqa bir oilaga uzatmaydi. Nurotada hunarmandchilik mahsulotlari ayniqsa, kashta buyumlarining boshqa hududga qaraganda eksporti ancha yuqori. Shu bois, mahalliy xalq asosan hunarmandchilik, xususan, milliy liboslar ishlab chiqarish bo‘yicha YTT ochish maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanishadi. Bu yerda joriy yilning shu davriga qadar fuqarolarga 20 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari,  markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ullar Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri Uchquduq tumanida ham bo‘lib, adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY bo‘limi faoliyati o'rganildi. O'rganish mobaynida, avvalo, binoda xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar ko'zdan kechirildi.

Shundan so'ng, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, xizmatdan foydalanishda ularga yanada qulaylik yaratish imkoniyatlari, mavjud kamcjiliklarni bartaraf etish choralari va xodimlarning mazkur sohadagi bilm - salohiyati bilan yaqindan tanishildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Xon_atlas_festivali

O‘zbek atlasi va adrasi insoniyat nomoddiy madaniy merosidir

Xabaringiz bor, bugun mamlakatimizda "Xon atlas - 2023" festivali bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tizimida mehnat qilayotgan dilbar xotin-qizlarimiz ana shu milliy liboslarimizda namoyon bo‘lgan. Shu orqali ushbu qadimiy qadriyatimiz, anʼanamizni keyingi avlodlarga yetkazishda faollik ko‘rsatishmoqda.

Jumladan, festivali doirasida Respublikamizdagi barcha Davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan lobar ayollarimiz ham faollik ko‘rsatib, aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatishmoqda.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an‘analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iboratdir.

Ma‘lumot uchun: O‘zbek ipak matolari — atlas va adras to‘qish texnologiyasi YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Litsenziyalash_xizmati

"O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔸Yuridik shaxs (ish beruvchi)
🔸Jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸330 000 so'm (BHMning 1 baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati haqida ushbu 👉havola orqali tanishishingiz mumkin

📌Ma'lumot uchun: Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar o‘ttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 09:29:02
Back to Top
HTML Embed Code: