Telegram Web Link
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini kengaytirmoqda: 55 mamlakat bilan hamkorlik

2024 yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati faol eksport qilishni davom ettirdi. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bu davrda 55 davlatga 1,8 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib bergan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-toqimachilik-eksportini-kengaytirmoqda-55-mamlakat-bilan-hamkorlik
O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlariga talab oshmoqda

O‘zbekistonning energetika, qurilish, suv xo‘jaligi va avtomobilsozlik tarmoqlarida elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ushbu tarmoqlarning rivoji va kelajak rejalariga alohida e’tibor qaratdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-elektrotexnika-mahsulotlariga-talab-oshmoqda
Filippinda asteroidning qulashi manzarasi kuzatildi

5-sentabr kuni Filippinning Luzon orolida asteroidning yorqin manzarasi kuzatildi. Osmonda ko‘k dumli iz qoldirgan asteroidning diametri bir metrdan uch metrgacha bo‘lib, u yerga xavf tug‘dirmadi. Ko‘p qismi atmosferaning yuqori qatlamlarida yonib ketdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/filippinda-asteroidning-qulashi-manzarasi-kuzatildi
O‘zbekiston tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun yangi qadamlar

Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun O‘zbekiston tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu qonun (O‘RQ-954-son, 04.09.2024 y.) ayrim huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-tovar-va-moliya-bozorlarida-raqobatni-rivojlantirish-uchun-yangi-qadamlar
Toshkentda dengizga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro forum boshlandi

Toshkent shahrida 5-6 sentyabr kunlari "Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusida yirik xalqaro forum o‘tkazilmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlat vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari va qator ekspertlar ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkentda-dengizga-chiqish-imkoniga-ega-bolmagan-davlatlar-uchun-xalqaro-forum-boshlandi
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sobiq Yevrokomissar va tashqi ishlar vaziri Mishel Barnyeni yangi bosh vazir etib tayinladi. Bu haqda Elizey saroyining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/fransiyada-yangi-bosh-vazir-tayinlandi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident: elektrotexnika yo‘nalishidagi texnoparklar yondosh yo‘nalishlardagi korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi asosida rivojlantirilishi kerak

@bright_uzbekistan
O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida parom ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha ikki davlatning Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab transport tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-ozarbayjon-birgalikda-parom-ishlab-chiqarishni-boshlaydi
O’zbekiston ombor ijara narxlari bo‘yicha Dubaydan o‘zib ketdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ombor maydonlari ijarasi bo‘yicha Dubay va Manchester shaharlaridan o‘zib ketdi. Mamlakatlar markaziy Osiyoda ombor maydonlarining yetishmasligi sababli ijara narxlari jahon bozoridagi ko‘plab yirik port shaharlari bilan tenglashmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-ombor-ijara-narxlari-boyicha-dubaydan-ozib-ketdi
Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya chempioni

Mamlakatimizning mashhur para atleti, Husniddin Norbekov, o‘zining uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi va buni O‘zbekiston delegatsiyasiga sakkizinchi oltin medal sifatida taqdim etdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/uch-karra-paralimpiya-chempioni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Husniddin Norbekov 16 yildan buyon o‘zgarmay kelayotgan Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi

E'tiborli jihati, ushbu yo‘nalishda oltin medalni qo'lga kiritgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov ikkinchi urinishida 16.82 metr natija qayd etib, Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi.

Ma’lumot uchun, bundan avvalgi rekord 2008 yil Pekinda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida xitoylik Guo Vey tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘shanda xitoylik sportchi 16.22 metr natija qayd etgan.

@bright_uzbekistan
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda

Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Mixail Mishustin yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazish uchun rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/rossiya-bosh-vaziri-mixail-mishustinning-ozbekistonga-rasmiy-tashrifi-kutilmoqda
O‘zbekistonda Pavel Durovning kriptovalutasi rasmiy ravishda ishga tushirildi

O‘zbekistonning UzNex kriptobirjasi Pavel Durov tomonidan yaratilgan Toncoin kriptovalutasini savdo ro‘yxatiga kiritdi. Bu yangilik UzNex 2.0 platformasining ishga tushirilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilib, savdo maydonchasidagi kriptovalyutalar soni 15 taga yetdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-pavel-durovning-kriptovalutasi-rasmiy-ravishda-ishga-tushirildi
Pavel Durov Rossiya va BAAning konsullik yordamidan voz kechdi

Telegram asoschisi Pavel Durov, Fransiyaga kelganidan so‘ng paydo bo‘lgan rasmiy da’volar tufayli hibsga olingan, ammo u Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik yordamini rad etdi. Bu haqda Fransiya hukumati manbasiga tayanib, Politico xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/pavel-durov-rossiya-va-baaning-konsullik-yordamidan-voz-kechdi
Tramp: AQSh sanksiyalari dollarni dunyo valyutasi sifatida xavf ostiga qo‘ymoqda

Sobiq AQSh prezidenti va respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp AQSh hukumatining boshqa davlatlarga, jumladan, Rossiyaga qarshi joriy qilayotgan sanktsiyalari global miqyosda dollar mavqeini zaiflashtirayotganini aytdi. U o‘z prezidentligi davrida ham sanksiyalar joriy qilganini, lekin ularni tezda bekor qilganini ta'kidladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/tramp-aqsh-sanksiyalari-dollarni-dunyo-valyutasi-sifatida-xavf-ostiga-qoymoqda
Tolibboy Yo‘ldashev – Paralimpiya chempioni

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi yutuqlari davom etmoqda. F37 klassidagi disk uloqtirish bo‘yicha final bahsida hamyurtimiz Tolibboy Yo‘ldashev 57.28 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/tolibboy-yoldashev-paralimpiya-chempioni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda Toncoin kripto valyutasi savdosi boshlanadi;
Mahmud Murodov Chexiya xavfsizligiga tahdid deb topildi;

Bu va haftaning boshqa yangiliklari
Bright 60 soniyada!
 @bright_uzbekistan
15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlari sovrindori

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi muvaffaqiyati qayd etildi. Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi F46 klassida nayza uloqtirish musobaqasida 15 yoshli Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/aliyeva-paralimpiya-oyinlari-sovrindori
Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonning ahvoli og‘ir hududlariga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlari og‘ir bo‘lgan tumanlarga tashrif buyurdi. Bu hududlarda yashovchi aholi hayoti bilan yaqindan tanishib, ularning turmush darajasini oshirish uchun ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/oli-ogir-hududlariga-tashrif-buyurdi
2024/10/01 07:45:39
Back to Top
HTML Embed Code: