Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Amerika texnologiya universiteti ochiladi;
Tailand o'zbeklar uchun vizasiz rejimni rasman joriy etdi;
Qirg'iziston xalqiga insonparvarlik yordami yuborildi;

Bu va kunning boshqa muhim xabarlari Bright 60 soniya dasturida!
Killian Mbappe “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi

"Santyago Bernabeu"da bo’lib o’tgan taqdimot marosimiga 80 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/killian-mbappe-real-madrid-futbolchisi-sifatida-tanishtirildi
Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Yangi rahbar Aziz Mansurov faoliyati davomida bank sohasida va xususiy tadbirkorlik subyektida masʼul vazifalarda ishlagan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/savdo-sanoat-palatasining-sirdaryo-viloyati-hududiy-boshqarmasiga-rahbar-tayinlandi
Markaziy Bank 11 ta bank, bitta mikromoliya tashkiloti va bitta lombardga jarima sanksiyasi qo'lladi

Jarima saksiyasiga Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda Markaziy bankka taqdim etilgan ma’lumotlarda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilganligi sabab bo’lgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/markaziy-bank-11-ta-bank-bitta-mikromoliya-tashkiloti-va-bitta-lombardga-jarima-sanksiyasi-qolladi
Ozarbayjonda O‘zbek modeli asosidagi paxta to‘qimachilik klasteri yo‘lga qo‘yilmoqda

Klaster O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng boshlangan muzokaralar fonida amalga oshirildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozarbayjonda-ozbek-modeli-asosidagi
2,7 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqani ma’lum bo’ldi

O'zbekistonlik turistlarning eng ko'p tashrif buyurgan manzillari Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga to'g'ri kelgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/chiqqani-malum-boldi
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi

Shuningdek, byudjet daromadlari ham 113 trillion so‘mga yetib, 14 foizga o‘sgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ichki-mahsulot-64-foizga-kopaydi
O'zbekistonga birinchi yarimyillikda xorijiy investitsiya 15,5 milliard dollarni tashkil etdi

Jami kapital qoʼyilmalar 229 trillion soʼmni tashkil qilgan. Shuningdek, tadbirkorlik uchun 82 trillion soʼm kredit va 15,5 trillion soʼm subsidiya berilib, 600 ming aholi biznesga jalb qilingan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonga-birinchi-yarimyillikda-xorijiy-investitsiya-155-milliard-dollarni-tashkil-etdi
Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirning 10 ta hokimni ishdan olish taklifini qoʼllab-quvvatladi

Bundan tashqari, faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʼl qoʼygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralari koʼriladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-bosh-vazirning-10-ta-hokimni-ishdan-olish-taklifini-qollab-quvvatladi
O'zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

“Inson” markazlari xodimlari tomonidan 18 yosh va undan katta shaxslarning funktsionalligini baholash tartibi joriy etiladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-nogironlikni-belgilash-tizimi-takomillashtiriladi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

Vazirning birinchi oʼrinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/qurilish-va-uy-joy-kommunal-xojaligi-vaziri-botir-zokirov-lavozimidan-ozod-etildi
Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga bo'ladi

Tashrif doirasida Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/sadir-japarov-18-19-iyul-kunlari-davlat-tashrifi-bilan-ozbekistonga-boladi
Qurilish inspektsiyasi Hukumat tarkibiga oʼtkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʼyicha jazo choralarini kuchaytiriladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/qurilish-inspektsiyasi-hukumat-tarkibiga-otkaziladi-va-vakolatlari-kengaytiriladi
Hukumatda mahalliylashtirish boʼyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 92 trillion soʼmlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligini koʼrsatib oʼtdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/hukumatda-mahalliylashtirish-boyicha-alohida-tuzilma-tashkil-qilinadi
Bloomberg: YI davlatlari Afg'onistonda elchixonalarni qayta ochish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

Bryussel rasmiylari Afgʻonistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va mintaqada strategik mavjudlikni oʻrnatish uchun diplomatik vakolatxonalar ochish zarurligini tan ola boshlagan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bloomberg-yi-davlatlari-afgonistonda-elchixonalarni-qayta-ochish-imkoniyatini-korib-chiqmoqda
O’zbekiston 2024-yilda 910 million dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi

Prezident tomonidan yil yakunigacha qayta ishlangan meva-sabzavot eksportini keskin koʼpaytirish kerakligi bo’yicha ko’rsatma berildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-2024-yilda-910-million-dollarlik-meva-sabzavot-va-oziq-ovqat-mahsulotlari-eksport-qildi
OTB O'zbekistondagi tug'uruq markazlarini rivojlantirish uchun 100 million dollar ajratadi

Bank ushbu yordam loyihasi butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy energiya tejovchi tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlashini ma'lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/otb-ozbekistondagi-tuguruq-markazlarini-rivojlantirish-uchun-100-million-dollar-ajratadi
Raqobat qoʼmitasi “Korzinka”ga nisbatan jarima qo'lladi

“Korzinka” supermarketlar tarmogʼi tomonidan tarqatilgan reklamada “Eng arzon narx - Korzinkada” degan jumladan foydalanilga. Ammo boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatilgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/raqobat-qomitasi-korzinkaga-nisbatan-jarima-qolladi
O'zbekistonlik atletlar yozgi Olimpiya o'yinlarida ilk bor 19 sport turida 75 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi

O'zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol, ayollar kurashi, suvga sakrash va kamondan otish dasturlarida debyut qiladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonlik-atletlar-yozgi-olimpiya-oyinlarida-ilk-bor-19-sport-turida-75-ta-yollanmani-qolga-kiritdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asrning to'yi: Anant Ambani va Radhika Merchantning nikoh marosimi qanday o'tdi?

@bright_uzbekistan
2024/09/29 22:19:07
Back to Top
HTML Embed Code: