Telegram Web Link
Hindistonda jazirama oqibatida bir kun ichida kamida 85 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda o‘tgan kun davomida mamlakatning shimoliy va sharqiy qismlarini qamrab olgan jazirama oqibatida kamida 85 kishi halok bo‘ldi. TASSning Hindustan Times gazetasiga tayanib xabar berishicha, jazirama oqibatida halok bo‘lganlar Odisha, Bihar, Jharkhand, Rajasthan va Uttar-Pradesh shtatlarida qayd etilgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/hindistonda-jazirama-oqibatida-bir-kun-ichida-kamida-85-kishi-halok-boldi
Qirg‘izistonda O'zbekiston kompaniyalarining yangi shou-rumi ochildi

Qirg'izistonning O'sh shahrida O'zbekistonning Texnopark MCHJ, AKFA BUILD va Imzo Premium kompaniyalarining yangi shou-rumi ochildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/qirgizistonda-ozbekiston-kompaniyalarining-yangi-shou-rumi-ochildi
Toshkentda yengil atletika bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati boshlandi

Bugun, 1-iyun, Toshkentda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati boshlandi. 2-iyunga qadar davom etadigan musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Tojikiston, Qozogʻiston va Ukrainadan tashrif buyurgan jami 355 nafar atlet gʻoliblik uchun kurash olib boradi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkentda-yengil-atletika-boyicha-ozbekiston-ochiq-chempionati-boshlandi
Turkiy davlatlar dunyodagi birinchi ePermit loyihasini amalga oshirishga rahbarlik qiladi

Loyiha operatsiyalarni soddalashtirish, tranzit vaqtini va xarajatlarini qisqartirish hamda mintaqaning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan, deb yozmoqda Turkiyaning Yeni Şafak gazetasi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/turkiy-davlatlar-dunyodagi-birinchi-epermit-loyihasini-amalga-oshirishga-rahbarlik-qiladi
O‘zbekiston Prezidenti Buxoroni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni o’tkazilgan yig’ilishda Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-prezidenti-buxoroni-rivojlantirish-boyicha-ustuvor-vazifalarni-belgilab-berdi
Ukrainada elektr energiyasini favqulodda o‘chirib qo‘yishmoqda

Ukrainaning uchta viloyatidan tashqari barcha hududlarida elektr energiyasi o'chirilgan. "Ukrenergo" davlat elektr tarmog'i operatori uzilishlar sanoat va maishiy iste'molchilarga ta'sir qilganini aytdi, deya xabar bermoqda Euronews.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ukrainada-elektr-energiyasini-favqulodda-ochirib-qoyishmoqda
2024-yilning mart oyida yirik korxonalar tomonidan 699,9 tonna sendvich panellari ishlab chiqarildi

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 155,4 tonna sendvich panellari ishlab chiqarildi, deb xabar bermoqda O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/2024-yilning-mart-oyida-yirik-korxonalar-tomonidan-6999-tonna-sendvich-panellari-ishlab-chiqarildi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo’ldi

Yaponiyaning Ishikava viloyatida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yaponiyada-kuchli-zilzila-sodir-boldi
Meksikadagi prezidentlik saylovlarida Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda

Prezidentlik saylovlarida 20% ovozlar sanalganidan keyin Mexiko shahrining sobiq meri Klaudiya Sheynbaum yetakchilik qilmoqda. Agar u g‘alaba qozonsa, Meksikaning birinchi ayol prezidentiga aylanadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/meksikadagi-prezidentlik-saylovlarida-klaudiya-sheynbaum-yetakchilik-qilmoqda
Bugun yangi Nukus – Istanbul – Nukus xalqaro reysi yo’lga qo’yildi

Bugun, 3-iyun kuni Nukus xalqaro aeroportida Nukus – Istanbul – Nukus yo‘nalishi aviaqatnovining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bugun-yangi-nukus-istanbul-nukus-xalqaro-reysi-yolga-qoyildi
Misrda O'zbekiston savdo uyi ochiladi

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi rahbarlari 2-iyun kuni Misrda o'zbek kompaniyalari mahsulotlarining distribyutorlik markazi va savdo uyini ochish bo'yicha bitimni imzolandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/misrda-ozbekiston-savdo-uyi-ochiladi
Shveytsariya Ukraina bo'yicha tinchlik sammitiga mezbonlik qiladi

15-va 16-iyun kunlari Shveytsariyaning Byurgenstok kurortida Ukraina va Shveytsariya tomonidan tashkil etilgan tarixiy tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda RBK-Ukraina.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shveytsariya-ukraina-boyicha-tinchlik-sammitiga-mezbonlik-qiladi
SES va Uz-Sat O‘zbekiston bo‘ylab sun’iy yo‘ldosh aloqasini ta’minlash bo‘yicha shartnoma imzoladi

Dunyodagi yetakchi sun’iy yo‘ldosh operatori SES va O‘zbekiston Respublikasining keng polosali sun’iy yo‘ldosh xizmati provayderi bo‘lmish Uz-Sat kompaniyasi SESning geostatsionar sun'iy yo'ldoshi NSS-12 orqali O‘zbekiston bo‘ylab misli ko‘rilmagan aloqa xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma imzoladilar. Ushbu hamkorlik butun mamlakat bo'ylab mobil tranzit xizmatlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan, deyiladi SES rasmiy saytida.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ses-va-uz-sat-ozbekiston-boylab-suniy-yoldosh-aloqasini-taminlash-boyicha-shartnoma-imzoladi
O’zbekiston fermer xoʻjaliklari uch oyda qancha chorvachilik mahsulotlarini yetishtirgani ma’lum bo’ldi

O‘zR Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining matbuot xizmati joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonda yetishtirilgan go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlarining aniq miqdorini taqdim etdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-fermer-xojaliklari-uch-oyda-qancha-chorvachilik-mahsulotlarini-yetishtirgani-malum-boldi
Oʻzbekiston mutasaddilari va hokimlari turizm sohasidagi tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot bo’lib o’tmoqda, deb xabar berdi davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-mutasaddilari-va-hokimlari-turizm-sohasidagi-tadbirkorlar-bilan-yaqindan-hamkorlik-qiladi
O‘zbekistondagi klinikalarga tashrif buyurgan xorijlik bemorlarga QQS qaytarib beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida shu va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistondagi-klinikalarga-tashrif-buyurgan-xorijlik-bemorlarga-qqs-qaytarib-beriladi
Gruziyada kuchli zilzila sodir bo'ldi

Gruziyaning Racha-Lechxumi va Kvemo Svaneti mintaqalarida 5,4 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/gruziyada-kuchli-zilzila-sodir-boldi
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurdi

Joriy yilning 3–4-iyun kunlari Belarus Respublikasi Minsk va Nesvij shaharlarida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi, “Belagro – 2024” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi O’zR Bosh vazirining matbuot kotibi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-hukumati-delegatsiyasi-belarusga-tashrif-buyurdi
Bugun Boku energetika haftaligi start oldi

Bugun Boku energetika haftaligi boshlanadi va u 4-iyundan 6-iyunga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Trend axborot agentligi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bugun-boku-energetika-haftaligi-start-oldi
Chavandozlarimiz konkur boʻyicha xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Emerald Stables Cup xalqaro turniri boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/chavandozlarimiz-konkur-boyicha-xalqaro-turnirda-muvaffaqiyatli-ishtirok-etdilar
2024/10/01 19:15:36
Back to Top
HTML Embed Code: