Telegram Web Link
O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Lixtenshteyn O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 146-davlat bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-lixtenshteyn-bilan-diplomatik-munosabatlar-ornatdi
O‘zbekistonda oltin narxi bir kunda 1,8% ga oshib, $353ni tashkil etdi

O'zbekistonda oltin narxi 6-mart kuni yangi cho'qqiga ko'tarilib, uchinchi kun ketma-ket rekord ko'rsatkichlarni qayd etdi, deb xabar berdi O'zbekiston Markaziy banki.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-oltin-narxi-bir-kunda-18percent-ga-oshib-dollar353ni-tashkil-etdi
Bayden va Tramp barcha praymerizlarda g‘alaba qozonishdi

Qo'shma Shtatlarda 5-mart kuni o'tkazilgan deyarli barcha praymeriz va kokuslarda sobiq va amaldagi prezidentlar Donald Tramp va Jo Bayden g'alaba qozonishdi. Tramp faqat Vermontda, Bayden esa Amerika Samoasida yutqazdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bayden-va-tramp-barcha-praymerizlarda-galaba-qozonishdi
O‘zbekiston va Eron energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Bu haqda ikki davlat energetika vazirlari Jo'rabek Mirzamahmudov va Ali Akbar Mehrabian Tehrondagi uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda IRNA.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-eron-energetika-sohasidagi-hamkorlikni-rivojlantirishni-rejalashtirmoqda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Loyihamizning navbatdagi mehmoni, Premier maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniya rahbari Saidnuriddinov Saidmuxtor bo'ldi.

Suhbat davomida maishiy texnika bozoriga kirish tarixi, bozordagi raqobat, Prezident Shavkat Mirziyoyevning kompaniya zavodiga tashriflari, kompaniyaga kiritilayotgan investitsiyalar haqida so'z bordi.

Tez kunlarda, ushbu intervyuni to'liq shaklini e'tiboringizga taqdim etamiz!

@bright_uzbekistan
O‘zbekistondagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushdi

7-martdan boshlab barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistondagi-barcha-yoqilgi-quyish-shoxobchalari-ishga-tushdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining tuman va shaharlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-toshkent-viloyatining-tuman-va-shaharlarini-rivojlantirishga-bagishlangan-yigilish-otkazdi
O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Bir kun avval Tokioga tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-tiv-rahbari-yaponiya-liberal-demokratik-partiyasi-vitse-prezidenti-bilan-uchrashdi
Orban Tramp bilan Ukrainadagi tinchlik masalasini muhokama qiladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 8-mart kuni Floridada AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan Ukrainadagi tinchlik masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyarto ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/orban-tramp-bilan-ukrainadagi-tinchlik-masalasini-muhokama-qiladi
Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida, 7 mart kuni Prezidentning birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva erishgan yutuqlari va g‘ayrati ko‘pchilikda ilhom manbai bo‘lib kelgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/prezidentning-birinchi-yordamchisi-saida-mirziyoyeva-xalqaro-xotin-qizlar-kuni-munosabati-bilan-yigilish-otkazdi
Nodirbek Abdusattorov shaxmat olamidagi muvaffaqiyatlari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda

Prague Masters turniridagi erta g‘alaba unga nafaqat munosib e’tirof keltirdi, balki onlayn reytingda dunyoning eng kuchli TOP-4 shaxmatchilari qatoridan joy olishiga sababchi bo’ldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/nodirbek-abdusattorov-shaxmat-olamidagi-muvaffaqiyatlari-bilan-hayratda-qoldirishda-davom-etmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-inson-qadrini-uluglash-avvalo-azizu-mukarrama-ayollarni-uluglashdan-boshlanadi
Toshkent metropoliteni: yangi stansiyalar va zamonaviy vagonlar

“Toshkent metropoliteni” “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlarida texnik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xabar berdi. Ular joriy yilning 11-martidan boshlab yo‘lovchilarga odatiy reja asosida xizmat ko‘rsatadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkent-metropoliteni-yangi-stansiyalar-va-zamonaviy-vagonlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺Hurmatli ayollar, muhtarama onaxonlar, aziz opa-singillar, Bright Uzbekistan jamoasi barchangizni ushbu bahor bayrami, Xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi!

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz!

@bright_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Osiyo ot sporti Federatsiyasining keng ko'lamli Bosh Assambleyasi

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 5-8 mart kunlari Osiyo ot sporti federatsiyasi (AEF) Bosh Assambleyasi bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/osiyo-ot-sporti-federatsiyasining-keng-kolamli-bosh-assambleyasi
Strategik sheriklikni mustahkamlash: Yaponiya va O‘zbekiston vazirlarining uchrashuvi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava xonim 8-mart kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan amaliy uchrashuv o'tkazdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/strategik-sheriklikni-mustahkamlash-yaponiya-va-ozbekiston-vazirlarining-uchrashuvi
O‘zbekiston va AQSh IT-autsorsing va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi USAID’ning Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Piter Yang, Janubiy va Markaziy Osiyo boʻlimi boʻyicha katta xodimi Olga Kalashnikova va Hewlett Packard (HP) kompaniyasining davlat bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Ani Berk bilan uchrashdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-va-aqsh-it-autsorsing-va-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-masalalarini-muhokama-qildi
Gaitida zo'ravonlik va tartibsizlik hukm surmoqda

Qurolli to‘dalar 9-mart kuni Gaiti poytaxti Port-o-Prensdagi bir qancha hukumat binolariga, jumladan, prezident saroyiga hujum qildi. Ichki ishlar vazirligi va Gaiti g‘arbiy okrugidagi politsiya shtab-kvartirasi ham hujumga uchragan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/gaitida-zoravonlik-va-tartibsizlik-hukm-surmoqda
Erdo'g'an Turkiya Rossiya ishtirokida tinchlik sammitini o'tkazishga tayyorligini bildirdi

Turkiya hali ham Rossiya-Ukraina tinchlik sammitini tashkil etish va o'tkazishga tayyor. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an 8-mart kuni Istanbulda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralardan so'ng ma'lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/erdogan-turkiya-rossiya-ishtirokida-tinchlik-sammitini-otkazishga-tayyorligini-bildirdi
Tramp Orbanni “fantastik yetakchi” deb atadi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 8-mart, juma kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni “fantastik yetakchi” deb atadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/tramp-orbanni-fantastik-yetakchi-deb-atadi
2024/10/04 13:21:16
Back to Top
HTML Embed Code: