Telegram Web Link
Ferrari, Lamborghini, Bugatti: Dunyo avtomobil gigantlari Toshkentda

Toshkentda mashhur Ferrari, Lamborghini, Bugatti, Aston Martin va Overfinch avtomobil brendlari uchun rasmiy dilerlik markazlari o‘z eshiklarini ochadi. Nazar Holdings va My Way Company hamkorligida tashkil etilgan ushbu markazlar O‘zbekistonda birinchi marta yuqori darajadagi avtomobillarni rasmiy ravishda sotib olish imkonini yaratdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ferrari-lamborghini-bugatti-dunyo-avtomobil-gigantlari-toshkentda
Sirdaryo daryosida 10 ta gidropostga avtomatlashtirilgan suv hisobi tizimi o‘rnatiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Sirdaryo daryosidagi suvni hisoblashni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyiha suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va suv taqsimotini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/sirdaryo-daryosida-10-ta-gidropostga-avtomatlashtirilgan-suv-hisobi-tizimi-ornatiladi
Isroil Livanga kuchli aviazarba berdi

Dushanba kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi va sharqiy hududlariga keng ko'lamli aviazarba berdi. Bu haqda mamlakat OAVlari xabar bermoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/isroil-livanga-kuchli-aviazarba-berdi
O‘zbekiston jahon shaxmat olimpiadasida 189 davlat orasida kuchli uchlikka kirdi

Budapeshtda 45-Jahon Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Erkaklar terma jamoasi Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahon Shaxmat Olimpiadasida uchinchi o‘rinni egalladi. Ayollar terma jamoasi esa 170 davlat orasida 12-o‘rinni oldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-jahon-shaxmat-olimpiadasida-189-davlat-orasida-kuchli-uchlikka-kirdi
O‘zbekiston sayyohlik markazi sifatida jozibadorligini oshirmoqda

Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekistonga 5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 16,7 foizga oshgan.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-sayyohlik-markazi-sifatida-jozibadorligini-oshirmoqda
Prezident yangi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini e'lon qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishning boshida davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/prezident-yangi-kambagallikdan-farovonlik-sari-dasturini-elon-qildi
Kambag‘al oilalarga dehqonchilik uchun 50 ming gektar yer ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kambag‘al oilalar uchun yangi yer maydonlari ajratish masalasi muhokama qilindi. Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mahalliy hokimliklarga qo‘shimcha 50 ming gektar yer ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/kambagal-oilalarga-dehqonchilik-uchun-50-ming-gektar-yer-ajratiladi
Energiya samaradorligi: Qurilishda yangi materiallar qo‘llaniladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda qurilishda energiya tejaydigan materiallardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfini 20 foizgacha kamaytirishga erishilgani ta’kidlandi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/energiya-samaradorligi-qurilishda-yangi-materiallar-qollaniladi
AQShda BMT Bosh Assambleyasiga Ukraina Prezidenti uchib keldi

Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni o‘zining rafiqasi Elena Zelenskaya bilan Nyu-Yorkning Jon Kennedi xalqaro aeroportiga qo‘ndi, bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. Ukraina yetakchisi ofisida ta’kidlanganidek, shu hafta BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida uning nutqi kutilmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/aqshda-bmt-bosh-assambleyasiga-ukraina-prezidenti-uchib-keldi
Qurilishda bodikamera va QR kodli pasport: Yangi nazorat tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda qurilish jarayonlaridagi noqonuniy holatlarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida nazorat tizimi kuchaytirilmoqda. Yangi choralarga ko‘ra, inspektorlar bodikamera bilan jihozlanadi va har bir qurilish obyektida QR kodli pasport o‘rnatiladi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/qurilishda-bodikamera-va-qr-kodli-pasport-yangi-nazorat-tizimi-joriy-etiladi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nazar Holdings & My Way kompaniyasi tomonidan jahon avtomobil brendlari bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan eksklyuziv gala kechasi tafsilotlari!

@bright_uzbekistan
O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston yana ikki Afrika davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Ushbu hamkorlik yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-afrika-davlatlari-bilan-diplomatik-aloqalarni-kengaytirmoqda
O‘zbekistonda xalqaro investitsiyalarga qiziqish ortmoqda

24-sentabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Turkiy investitsiya jamg‘armasi (TIF) prezidenti Bag‘dat Amreev bilan uchrashdi. Uchrashuvda xalqaro investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekistonda-xalqaro-investitsiyalarga-qiziqish-ortmoqda
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka yaqinlashmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, mamlakatdagi qurolli mojaroni yakunlash vaqti tobora yaqinlashayotganini ma’lum qildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/zelenskiy-ukraina-tinchlikka-yaqinlashmoqda
Toshkentda Global Laser Run City Tour ning ikkinchi bosqichi katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi

2024-yil 22-sentabr kuni Toshkentning Ekoparkida Federatsiya zamonaviy pentatloni tomonidan UIPM qo‘llab-quvvatlagan Global Laser Run City Tour ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport bayramida 550 dan ortiq ishtirokchi turli yoshdagi qatnashchilar bilan birgalikda musobaqalashdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/toshkentda-global-laser-run-city-tour-ning-ikkinchi-bosqichi-katta-muvaffaqiyat-bilan-yakunlandi
Yandex Cup 2024: Dasturchilar Toshkentda 1,75 milliard so‘m uchun kurashadi

Yandex joriy yilda sovrin jamg‘armasi 1,75 milliard so‘mni tashkil etadigan yettinchi xalqaro Yandex Cup dasturlash chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish jarayonini boshladi. Musobaqaning final bosqichi Toshkentda o‘tkazilib, iqtidorli dasturchilarga o‘z mahoratlarini namoyish qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/yandex-cup-2024-dasturchilar-toshkentda-175-milliard-som-uchun-kurashadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24-sentabr kuni mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston - Italiya ta’lim forumi tafsilotlari.

@bright_uzbekistan
O‘zbekistonning yangi elchisi Qirg‘izistonga yetib keldi

25-sentabr kuni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi yangi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev Bishkekka yetib keldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/gi-elchisi-qirgizistonga-yetib-keldi
Turinda “President Tech Award” hakatoni yakunlandi: innovatsiya va raqamli yechimlar

20-22-sentabr kunlari Turin Politexnika universitetida o‘tkazilgan “President Tech Award” hakatoni o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar va IT-mutaxassislarni birlashtirdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/turinda-president-tech-award-hakatoni-yakunlandi-innovatsiya-va-raqamli-yechimlar
2024/10/01 13:25:29
Back to Top
HTML Embed Code: