Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asila Mirzayorova – Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bellashuvlari yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova 5.24 metr natija qayd etgan holda Paralimpiya o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ushbu yo‘nalishda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

@bright_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haftaning muhim yangiliklari Bright 60 soniyada dasturida!

@bright_uzbekistan
Prezident Shavkat Mirziyoyevdan insonparvarlik namunasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi arafasida insonparvarlik namunasi sifatida 522 nafar mahkumni afv etishga qaror qildi. Ular sodir etgan jinoyatlaridan chin dildan pushaymon bo‘lib, to’g’rilanish yo‘liga qat’iy kirgan shaxslar hisoblanadi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/insonparvarlik-namunasi
Oltin va bronza medal bizniki

Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida o‘tkazilgan yadro uloqtirish finalida O‘zbekiston sportchilari katta muvaffaqiyatga erishdi. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev va Tolibboy Yo‘ldoshev ushbu musobaqada oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/oltin-va-bronza-medal-bizniki
Shavkat Mirziyoyev: Eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning o‘zi

31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. Shu munosabat bilan Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yig‘ildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/shavkat-mirziyoyev-eng-katta
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilarimiz Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

@bright_uzbekistan
O‘zbekiston yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik para atlet Elbek Sultonov F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-yana-bir-oltin-medalni-qolga-kiritdi
"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda

@bright_uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar!
“Bright Uzbekistan” tahririyati nomidan sizlarni va yaqinlaringizni eng buyuk, eng aziz bayramimiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi ayyomi bilan samimiy muborokbod etamiz.Mustaqillik qadri boqiy, bayram shukuhi fayzli, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!

@bright_uzbekistan
O‘zbekiston sportchilari yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Para taekvondo va para yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkita oltin medal qo‘shildi. Asad Toshtemirov -80 kg vazn toifasida meksikalik raqibini mag‘lub etib, Paralimpiya chempioniga aylandi. Final jangida u Luis Mario Najerani 38:17 hisobida yengdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ri-yana-ikki-oltin-medalni-qolga-kiritdi
O‘zbekiston san'ati Venetsiyada dunyo e'tiborini tortdi

Venetsiyada o‘tayotgan «Homo Faber: Putehdagi hayot» festivali tufayli shahar butun dunyo hunarmandchiligini bir joyga to‘pladi. O‘zbekistonlik 10 nafar usta o‘z asarlarini ushbu nufuzli tadbirda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, deya ta’kidladi Saidа Mirziyoyeva.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/ozbekiston-sanati-venetsiyada-dunyo-etiborini-tortdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi

@bright_uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bobur Omonov: Ikki Karra Paralimpiya Chempioni!

O‘zbekistonlik sportchi Bobur Omonov yana bir bor Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Para yengil atletika bo‘yicha F41 klassida yadro uloqtirish musobaqasida u 14.32 metr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/bobur-omonov-ikki-karra-paralimpiya-chempioni
Rossiyadagi avtohalokat: 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

2024-yil 1-sentyabr kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida M-12 “Vostok” federal avtomagistralida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Uch nafar fuqaromiz turli tan jarohatlari bilan mahalliy tibbiyot muassasalariga yotqizildi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/r-ozbekiston-fuqarosi-halok-boldi
Niderlandiya Ukrainaga 210 million yevro ajratdi

Ukraina energetik infratuzilmasini tiklashda Niderlandiya yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Niderlandiya yangi bosh vaziri Dik Sxofning Kiyevga birinchi tashrifi chog‘ida, Ukrainaga energiya tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 210 million yevro ajratilishi haqida e’lon qilindi.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/niderlandiya-ukrainaga-210-million-yevro-ajratdi
Volkswagen Germaniyada zavodlarni yopishi mumkin

Volkswagen, Germaniyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi, o‘zining 87 yillik tarixida birinchi marta Germaniyada zavodlarni yopishi mumkinligini ma’lum qildi. Ushbu qaror mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat tufayli qabul qilinishi mumkin.

Batafsil: https://buzb.uz/uz/news/volkswagen-germaniyada-zavodlarni-yopishi-mumkin
2024/10/01 04:52:40
Back to Top
HTML Embed Code: